UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qiz öz xonasida u yoqdan bu
yoqqa tez-tez yurardi.
Asabiylashganligidan
barmoqlarini qisardi. Bugungi
kechaga borish uchun ruhsat
berishmagan ota-onasidan jahli
chiqardi. Tög'rida, voyaga
yetgan bölsa, har kuni ham
bölavermaydiku bunaqa
kechalar. U yerda dugonalari,
döstlari, eng muhimi esa u -
sevgan yigiti böladi. Ota-onasi
esa qiz bolaning yarim kechasi
restorandagi ziyofatga borishi
yaxshi emasligini aytishdi. Unga
nisbatan adolatsizlik qilishdi.
Ayniqsa onasining qizini
xonasiga kelib aytgan gapi qizni
asabiylashtirardi. Hammasi
yaxshilikka emish. Qanaqasiga
yaxshi bölsin, hamma yaqinlariga
qöshilib oyda-yilda bir yayrab
dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota-
onasiga aytmasdan derazadan
chiqib ketishga qaror qildi. Ota-
onasi sezishmasa bas. Kiyinib,
uyda ota-onasi uxlaydigan
vaqtda derazadan sekingina
chiqib ketdi. Restoranga kelib,
bazm xursandchiligiga qöshildi.
Sevgan yigiti bilan uzoq
suhbatlashdi. Soat yangi kun
boshlanganini körsatgan vaqtda
qiz ketishga chog'landi. Yigit uni
kuzatib qöyishini aytdi. Qiz taksi
chaqirishini, yigit köp ichib
yuborganligini va mashina
hayday olmasligini aytsada,
anchagina mast bölishga
ulgurgan yigit uni eshitishni
istamadi. Nailoj, qiz mashinaga
ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar ekan, qiz
yigitdan sekinroq haydashini
söradi. Ammo yigit uni
eshitadigan ahvolda emasdi. Shu
asnoda qarama-qarshi tomondan
avtomobil farasi yorug'i
yigitning közini qamashtirib
yubordi. Mashina polasadan
chiqib ketdi va qarshisidan
kelayotgan boshqa avtomobilga
urilibdi... Qiz közlarini ochganida
tepasida xamshira turardi.
Qizning hamma joyi og'rir, qöl-
oyoqlarini qimirlatolmas, boshi
bint bilan bog'langandi. U zörg'a
xamshiradan ruldagi yigitga
nima bölganligini söradi.
Xamshira yigit voqea joyida
vafot etganligini aytdi. Qiz ular
urilgan mashinadagi odamlar
haqida söradi. Unda ham ikki
kishi bölganligini va ular ham
halok bölganligini bilgach,
afsuslandi. Özining ham ahvoli
og'irligini sezib, tirik qolmasligini
tushundi. Xamshiraga pichirlab
gapirardi: "Opajon, iltimos, ota-
onamga meni kechirim
söraganligimni aytib qöying...
Men ularni gaplariga quloq
solishim kerak edi. (Qiz
gapirishga tobora qiynalardi)
Bilasizmi... men... men
ista...istamagandim. Ularni yaxshi
körishimni ham ayting. Aytasiz...
Aytasiza?" Xamshira namlangan
közlari bilan unga jim termulib
qoldi. Qizga javob bermadi.
Uning qölini mahkam qisib oldi.
Ikki daqiqadan keyin qizning joni
uzildi. Shunda boshqa bir
xamshira undan nimaga
gapirmaganligini söradi. U esa
qizning jonsiz yuziga termulgan
köyi shivirladi: "Qizga ular urilib
ketgan avtomobilda halok
bölganlar uning ota-onasi
ekanligini aytgim
kelmadi...
Maqola nomi : Xato
Vaqti : 27.04.2014|22:41
Ko'rilgan : 1420
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 231/246
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика