UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Dunyodan kechganman – sen
ham mendan kech, Yuragim
adog’in ko’zlama, jonim,
Quyoshim vasliga yetolmadim
hech – Qo’yib ber – yig’lasin
bugun osmonim. Men senda
yorimni ko’rib adashdim, Men
senga jonimni qildim omonat.
Men senga borimni berib
adashdim – Qo’yib ber –
kuylasin bugun nadomat. Endi
ayriliqdan tonganim bekor,
Alamli so’nggiga yetdi ertagim.
Seni deb bir umr yonganim
bekor – Qo’yib ber – muzlasin
bugun yuragim. Men ojiz –
yuraging o’zgaga tortar,
Ichimda tosh bo’lib qotdi
rashklarim. Ertaga ko’zlarim
o’zga yor artar – Qo’yib ber –
tinmasin bugun rashklarim.
Diydorning kasriga g’urur
qoldimi, Qasos olmoqlikka hozir
yolg’izlik. Vaslingga yetishmoq
armon bo’ldimi – Qoyib ber –
yayrasin bugun sensizlik. Baxt
deb bilgan yoring qo’llaridan
tut, Mening qo’lim tutgan sodiq
alamim. Har qanday so’zingga
dil saqlar sukut – Qo’yib ber –
so’ylasin bugun qalamim!!!
Maqola nomi : Muhabbat
Vaqti : 27.04.2014|22:38
Ko'rilgan : 905
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 189/175
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика