UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hayot davom etaverarkan…
Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar
soatlarga, soatlarlar kunlarga,
kunlar oylarga , oylar esa yillarga
aylanaverarkan… Hamma
hamma narsa kelib
ketaverarkan…
Lekin…
To tirik ekansan sevgi yurakda
yashayverarkan… Ilk muhabbat
sog’inchi kechalar qalbingni
tirnayverarkan…
Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat
yillar
Qalbimda sevgingla yolg’iz
qolding
Yolg’on ersa agar barcha
sevgilar
Shu kecha xayolim yana sen
olding
Oydin kecha. Xiyobonda bir
o’zim, Sensiz yolg’iz sayr
qilmoqdaman…
Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar
ham men bilan birga…
Yaxshiyam shular bor
bo’lmasam… Agar sendan shu
shirin xotiralar yodgor bo’lib
qolmaganida qanday
yashardim… Bilmadim…
Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq –
sog’inmoq! Sog’inmoq –
ko’rishmoq ! Hayot deganlari
shumi bilolmadim…
Anglolmadim…
Men ham Sevdim, sevildim,
ayrildim, sog’indim lek ko’risha
olmayman… faqat oydin
kechada osmondagi mayus oy
qiyofasidan seni axtarib ko’kka
termulaman halos…
Sevgini ovunchoq etar
beboshlar
Unuttim derkanu yangisin
boshlar
O’tmishim eslasam ko’zimda
yoshlar
Shu kecha xayolim yana sen
olding
Barchasini unutib, yangidan
hayot boshlayman deymanu…
Lek…
Men uchun yangi sevgilar…
Muhabbat to’la qalblar…
Bisyordir… Biroq ularni aldagim
kelmaydi… Beboshlarcha seni
unutib yangi sevgini qalbimga
joylagim keladi… Ammo…
Qalbimda sen bilan bo’g’liq
o’tmish borki, yangi sevgini
sig’dirmaydi… Yangidan
sevdirmaydi… Seni bir on
bo’lsada unutishga yo’l
qo’ymaydi…
Men, qalbim va xotiralar har
tunda hiyobonda oy nuri ostida
sayr qilamiz. Seni eslaymiz…
Mayus oy shulasidan nigohingni
izlaymaysiz…
Men uchun sen hamon farqlisan
ishon
Har joyda xotirang qalbimda
yarang
Seni unutmadim yillardir bir on
Shu kecha xayolim yana sen
olding
Endi diydorin nasib etmasligini
bilsak ham har tun seni
eslayveramiz…. Izlayveramiz…
Hayot davom etaverarkan…
Ammo…
Ilk muhabbat sog’inchi kechalar
qalbingni tirnayverarkan
Maqola nomi : Hayot davom etadi
Vaqti : 27.04.2014|22:29
Ko'rilgan : 1359
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 249/191
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика