UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bir shifoxonaga og'ir ahvoldagi
ösmir bolani olib kelishdi. Uni 1
kishi
bexosdan mashinada urib
yuborgan edi. Ösha kishi darhol
bosh jarrohga
uchrashib dedi: Iltimos bolani
hayotini saqlab qoling doktor.
Doktor bamaylixotir javob
berdi:
Ukam, urib yubormasdan oldin
öylash kerak edi buni. Endi...
- Iltimos, doktor, tezroq
operatsiyani boshlash kerak.
Bolani saqlab qolaylik, doktor.
- Xösh, endi ukam, bu bolani
kimligini bilmasak ham lekin
mushuk
tekinga oftobga chiqmasligini
ikkimiz ham juda yaxshi
bilamiz...
- Nimalar deyapsiz, doktor. Axir
bir inson xavf ostida! Qancha
kerak bölsa mana mem turib
beraman. Faqat uni saqlab
qoling..!
Va nihoyat ular ancha katta
miqdordagi pulga kelishishdi.
Doktor bemorni operatsiyaga
tayyorlashlarini buyurdi. Ammo
doktor bu yoqda ösha kishi
bilan
kelishayotgan vaqtida bola
allaqachon hayotdan köz
yumgan edi. Doktorning bolani
saqlab qolishga imkoni bor edi,
lekin u vaqtni qöldan boy
bergan edi. Ammo eng dahshati
bu emas edi. Doktor bola
yotgan
jarroh stoliga yaqinlashdiyu,
unga yer bilan osmon
birlashganday tuyulib ketdi. Ne
köz bilan körsinki, jarrohlik
stolida uning yakkayu yagona
erkatoy ög'lining jonsiz tanasi
yotardi..!
Maqola nomi : Nafas olsin
Vaqti : 27.04.2014|22:26
Ko'rilgan : 1427
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 331/297
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика