UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yomg'irning shitirlab yog'ishidan
uyg'onib ketdim. Deraza yoniga
keldimda, yana o'sha kunlarni
eslay boshladim. Bundan 5 yil
oldin moviy közli, chiroyligina
qizaloq edim. Qayg'u nimaligini
bilmasdim. O'sha kechasi
sochlarimni tuni bilan jingalak
qilib chiqdim. Chunki ertaga
dugonamni tug'ilgan kuni edi.
Dars tugagach kafeda
o'tirmoqchiydik. Sochimni
jingalak qilib turmaklashni
yoqtirardim. Ertalab
uyg'onganimda jahim chiqib
ketdi: "Obbo yomg'ir yog'ayapti,
sochlarim turmagi buzulib
ketadiku!" Keyin darsga kech
qolayotganim yodimga tushib
qoldi. Shosha-pisha kiyindim,
baland poshnali tufligimni
kiydim-u liftni chaqirdim. Obbo,
lift ishlamayaptiku. 7-etajdan
taqillab tusha boshladim.
Ko'chaga chiqqach sumkamni
ochdim. Uff, soyabonim ham
qolib ketibdiku. 7-etajga yana
qayta chiqishni öylasam yuragim
orqaga tortdi. Nima qilishga
boshim qotib turganda
tog'rimdagi qip-qizil soyabon
hayolimni böldi. Bir yigit qip-qizil
soyabon tutib shosha-pisha ötib
ketardi. Ichimda tovba, yigitlar
ham qizil soyabon tutarkanmi
deya hayron qoldimu ortidan
tezda yugurib yetvoldim. -Iltimos
yo'lni boshigacha siz bilan borib
olay, soyabonm uyda qolibdi. 7-
etajga chiqishga erindim dedim.
U bo'lsa g'alati qo'pollik bilan
mayli dedi. Uning qilgan
qo'polligiga yana jahlim chiqdi.
Bugun qanaqa kun bo'ldi o'zi,
ertalabdan dilxiralik. Yigitning
yonida jim ketarkanman,
qiziquvchanlik kasalim xuruj qilib
qoldi: -Nega qip-qizil soyabon
tutib oldiz,- deb söradim. U
bo'lsa: -Shuning uchun ham
ertalabdan asabim tarang,
kichkina singlim bor. Maktabiga
soyabonimni olib ketibdiyu,
menga jajji maktubcha bilan shu
soyabonni tashlab ketibdi,- dedi.
Qiziqib maktubchada nima
yozilgan ekan deb söradim. -
Kechqurun menga shirinlik olib
kelmaganiz uchun jazo sifatida
soyabonigizni olib ketdim,
o'zimnikini qoldirdim. Agar yana
shirinlik olib kelmasaiz, ertaga
telefonizni bekitib ketaman deb
yozibdi. Kulib yubordim, singliz
judayam sho'x ekan dedim. U
ham jilmaydi. Shunda uning
yuziga boqdim-u yuragim jizillab
ketdi. U juda yoqimtoy edi. Shu
payt uning telefoni jiringlay
boshladi.
Maqola nomi : Yomgirli kunlar
Vaqti : 27.04.2014|08:52
Ko'rilgan : 1098
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 200/163
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :49 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика