UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Jahon futbolida o`ziga hos nom va o`yin uslubiga ega bo`lgan Braziliyalik Ronaldoning asl ismi Luis Nazario de Limadir. U 1976-yilning 22-sentabrida Rio de Janeyro yaqinidagi Bento Ribeyroda tug`ilgan. Unga otasi tug`ruqni qabul qilgan akusherni simini bergan. U Ronaldo Valente edi. Futbolchining otasi mahalliy telefon kompaniyasida ishlar, onasi esa farrosh edi. Ronaldoni akasi Nelino va opasi Ione "Dadado" deb atashadi. U ham ko`pgina futbol yulduzlari kabi kambag`al oilada katta bo`ldi. U doimo kulib turardi. Shuning uchun ham o`zlari yashagan kvartal aholisi uni yaxshi ko`rar edi.
U to`rt yoshligidanoq to`pning orqasidan chopib yurar edi. Albatta, Braziliyada fotbol o`ynamaydigan kishining o`zi kam. Lekin bu bolakay hali komandaga foyda keltiradigan darajada o`yinga ega emasdi. To`rt yoshli Ronaldoga otasi charm to`p sovg`a qildi. U har kuni to`p tepishni mashq qilar edi.
U uch yoshligidanoq otasi va uning do`stlari futbolni qaday o`ynashini kuzatardi. Maktab unga yoqmadi. Unga ko`proq ko`chda yugurib yurish va hayollarga g`arq bo`lish yoqar edi. U ko`pincha o`z kumiri Ziko haqida o`ylardi. Ronaldo hozir ham 1986-yilgi jahon chempionatida Ziko penalti tepishda yo`l qo`ygan xatoligi uchun yig`laganini eslab turadi. U Braziliya terma jamoasini eng kuchli hisoblaydi va bu jamoa bilan mag`lub bo`lishni istamaydi. 8 yoshli Ronaldoni otasi "Marakana"ga futbolga olib bordi. Bu bolada juda katta taassurot qoldirgan.
1988-yilda Ronaldo o`zining ilk jamoasi tarkibida o`ynay boshladi. Bu "Valkuyer" tennis jamoasi edi. Bu yerda u futzal o`ynardi. Futzalni ular 2-o`lchamli to`pda, basketbol maydonida o`ynashardi. Futzal to`pi maydonda ko`p sakramaydi. Bu esa yerda to`pni yaxshi boshqarishni o`rgatadi. Aynan shu tufayli ham Braziliyalikar futbol bo`yicha dunyoda yetakchilik qilishmoqda. Bu yerda Ronaldo avvaliga zaxira o`rindig`ini band etdi, keyin esa darvozabon bo`lib maydonga tushdi.
U keyin oldinda harakat qila boshladi. Gollar ham urdi. Ronaldo Vasko da Gama jamoasi bilan o`tkazilgan matchda o`z jamoasiga g`alaba keltirdi. Uni Sotsial Ramos jamoasiga taklif etishdi. Onasining qarshiligiga qaramasdan futbolchi jamoani almashtirdi. U har kuni ikki soat avtobusda yurar, bu esa moliyaviy tomondan ham qiyinchilik tug`dirardi. Shunindgek otasi Ronaldoni olib kelish uchun borib, ko`pincha ishga kech kelardi. Va otasini ishdan bo`shatishdi. O`sha kuni Ronaldo otasiga u katta bo`lganida oilani o`zi ta`minlashini va`da qilgan edi.
11 yoshli Ronaldo o`zini katta futbolga tayyor deb hisoblardi. Uni "Flamongo"ga qabul qilishmadi. o`sha kun u uchun omadsiz edi. Uyga qaytishida unga hujum qilishdi. So`nggi pullariga olgan soatini ham olib qo`yishdi. Ronaldo Ramos tarkibida futzal, San Kristavao tarkibida futbol o`ynay boshladi. U ikkala jamoada ham eng yaxshi hujumchi edi. Lekin bittasini tanlashga to`g`ri keldi. U futbolni tanladi. Onasi Ronaldoni o`qishini davom ettirishni istardi, Ronaldo esa futbolni davom ettirdi. Uning hayotidagi katta qadam ilk shartnomani imzolashi bo`ldi.
Reynaldo Pitta va Aleksander Martins 14 yoshli o`smir bilan shartnoma imzoladi. Shu paytda Braziliya yangi Pele yetishib chiqayotganiga guvoh bo`lishdi. Ronaldo 17 yoshgacha bo`lgan o`yinchilar terma jamoasiga a`zo bo`ldi. Ronaldoning birinchi istagi Nayk butsilarini olish edi. U buni bolaligidan orzu qilib kelgan. Shu kiyim bilan u Janubiy Amerika hcempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Shundan so`ng 7500$ evaziga qo`lga kiritilgan Ronaldo 50 000$ ga Kruzeyroga sotildi.
Ronaldo 1970-yilgi jahon chempioni Jairziodan xursand bo`lsa arziydi. U Ronaldoni minglab bolalar ichidan tanlab oldi. Jairzino qo`l ostida Ronaldo ilk mavsumdayoq "Kruzeyro" uchun 54 ta gol urib berdi. U haqda endi butun Braziliya gapirmoqda edi.
Ronaldo professional futbolchi bo`lib yetisha boshladi. Futbolchi har bir sentni tejardi. Natijada 17 yoshida o`ziga bir xonali uy sotib oldi. O`sha davr bilan bog`liq qiziqarli voqea: Ronaldo bir kuni restoranga borib, uyida qoshiq, vilka va tarelkalari yo`qligidan shikoyat qiladi. Restoran menejeri bu buymlarni unda sovg`a qiladi.




Mahalliy nashrlar uni iste`dodi haqida har kuni yozishardi. 1993-yil dekabrda esa uning orzusi amalga oshdi. Uni mamlakat terma jamoasiga taklif etishdi.
Terma jamoa tarkibiga kiritilganda u 17 yoshda edi. Pele ham aynan shu yoshda terma jamoa a`zosiga aylangan. Yana bir o`xshashlik ularning birinchi o`yini bilan bog`liq. Har ikki futbolchi ham terma tarkibidagi ilk o`yinini Argentinaga qarshi o`tkazishgan. Bu o`yinda Ronaldo so`nggi 10 daqiqada Bebetoning o`rniga maydonga tushdi. U Zikoday bo`lishni orzu qilardi. Uni 1994-yilgi jahon chempionatida terma jamoa tarkibiga kiritishdi.
Gollandiyaning PSV Eyndxoven jamoasi Ronaldoni sotib olishdi. Jamoa bu harid orqali tavakkal qilishgan edi. Jamoada yana bir Ronaldo bor edi. Bu 29 yoshli himoyach Ronaldodir. Ularni ajratish uchun himoyachining futbolkasiga Ronaldao, Ronaldonikiga esa Ronaldino deb yozildi.
Bir yil oldin Nayk
Maqola nomi : Ronaldo "Luis Nazario de Lima"
Vaqti : 26.04.2014|21:00
Ko'rilgan : 5539
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 342/328
Reyting
Bosh sahifa » Sport yulduzlari
Maqola o'qiypti :54 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика