UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Sevilish — boy bo'lishdan ham afzalroq, chunki suyukli bo'lish — baxtli bo'lishdir. (K. Tile. )
* * *
Sevgi — bu yashamoqlik istagidir (M. Gorkiy.)
* * *
Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. F. Volter. Propertsiy.
* * *
Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham. A. S. Makarenko.
* * *
Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, Ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Mayn Rid.
* * *
Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir. J. J. Russo.
* * *
Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Terentsiy.
* * *
Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi. G. Senkevich.
* * *
Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir. A. A. Blok.
* * *
Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi. M. Servantes.
* * *
Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir. B. Fontenel.
* * *
Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz. M. Y. Lermontov.
* * *
Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir. B. Shou.
* * *
Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi. M. Gandi.
* * *
Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir. G. Ibsen.
* * *
Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir. J. Sand.
* * *
Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, U ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi. L. N. Tolstoy.
* * *
Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak. R. Berns.
Maqola nomi : Sevgi haqida
Vaqti : 26.04.2014|20:06
Ko'rilgan : 1606
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 380/311
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :25 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика