UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Erkak kishi uchun dardini doston qilish yarashmaydi, ammo joningdan o`tgach, gapirib, shu bilan biroz yengil tortar ekansan… Men ham baxtiyor yigitlardan edim. Sevimli kasbim, sevimli ayolim va baxtli oilam bor edi…
Ayolim meni ertalab ishga << yaxshi boring>>, deb kuzatar, kechga esa << Yaxshi keldiyzmi?>>deb kutib olardi. Avvaliga men bu e`tibordan mamnun bo`lardim, keyinchalik esa tabiiy qabul qila boshladim. Bundan tashqari ikkinchi farzandim tug`ilgach, ayolim menga qandaydir e`tiborsiz bo`lib qolganday tuyula boshladi. Endi kechga uyga borsam, faqat bolalar bilan mashg`ul bo`lar, men esa televizor ko`rib o`tirardim. Bir kuni shunday zerikib o`tirganimda do`stim qo`ng`iroq qilib, bir joyga ziyofatga taklif qildi. Jon deb bordim. Borsam, ikkita juvon bilan o`tiribdi. Biri jazmani, ikkinchisi esa kursdoshimiz. Kursdoshimiz Marjona juda go`zal qiz edi.Men uni talabalik yillarida qattiq sevgan ammo, uning oshiqlari ko`pligidanmi yoki bir boyvachchaga tegib ketgani uchunmi, muhabbatini qozona olmagandim. Turmushga chiqqach esa tabiiyki, izhorlar to`xtagandi.
Xullas, o`sha Marjona o`tiribdi.Quyuq salomlashdik.Ko`zlarimizdan ko`zlarimizni ololmay qoldik.U negadir ma`yus edi. Biz taklif qilgan aroqdan indamay ichganiga qaraganda nimalargadir qo`l ham siltagan edi…
Xullas, o`sha kuni Marjona bilan uzoq gaplashdik. U turmushi buzilgani, erining giyohvand bo`lib qolgani va narkotika savdosi sabab hozir qamoqda ekanligi, ikki yil oldin qonuniy ajrashib ketishganini aytdi. Tavba, men ahmoq, bundan xursand bo`libman. O`sha kuni unga qancha yaltoqlanib, xushomad qilibman. Uni hozir yashab turgan uyiga kuzatibman, hatto, yonida qolibman… Ertalab uyg`onganimda ikkalamiz bir divanda… To`g`ri, u bilan ketayotganimni, nimalar qilayotganimni bilardim, ammo shayton qo`limdan yetaklaganda o`zimni qo`lga ololmabman.O`sha kuni u hamon meni sevishini, yolg`izlik joniga tekkanini, istagan vaqtim yoniga kelishim mumkinligini aytdi. Uydan zerika boshlagan menday erkak uchun bu ayni muddao edi. Xullas, men unga bog`lanib qoldim. Endi har ikki kunning birida unikida edim…
Oradan bir oylar o`tgach, ayolim mendagi o`zgarishlarni sezib qoldi, izimdan odam qo`yganmi, aniq dalilar bilan nima qilib yurganimni isbotlab berdi. Men tabiiyki, buni tan olmadim.U janjal qildi. Shunda yana meni shayton yo`ldan urdi. Uydan chiqib ketdim. Axir meni kutib turgan ofatijon bor edi-da…
Ayolimga achchiq qilib uydan ketdim.Marjona bilan yashay boshladim. Ana shunda uning asl basharasi ko`rindi. << Men bilan yashashni istaysizmi, xohlagan vaqtingizda kelmoqchimisiz, bir xonali bo`lsayam uy olib bering>>, dedi. << Bu uy-chi?>> deb so`radim.
- Bu uy ijara. Qachogacha ijarada yashaymiz. Meni deb keldizmi, ta`minlab qo`ying-da – dedi.
Men ahmoq aldanganimni o`shandayoq bildim, ammo o`zimni yig`ishtirmadim. Marjona <>, deb yig`ladi. Rahmim kelib, kreditga uy olish taraddudiga tushdim.Ungacha ijara haqqini ham Marjonaga berib turdim. Uy hal bo`lgach quvonganim va uning erkalashlaridan iyib, o`sha bir xonali uyni uning nomiga rasmiylashtirib berdim. O`sha vaqtlarda biz har kech umrbod ajralmaslikka ahd qilardik va bir-birimizni sevishimizni aytishdan charchamasdik…
Shunday <> kunlarimizning birida kechqurun ishdan kelsam u meni uyga kiritmadi. Nima gapligini so`rasam:
- Bugun xotining janjal qilib keldi. Mashinangni garovga qo`yib, uy olganingni ham, qachondan beri men bilan yashayotganingni ham bilarkan. Borib shuni hal qilib kel, - dedi dabdurustdan sensirab.
- Bo`pti, hal qilaman, - dedim. Yo`q, u meni uyga qo`ymadi. Izimga qaytdim va o`z uyimga keldim. Eshikni shuncha taqqillataman, koshki ayolim ochsa?
- Eshikni och, sen bilan gaplashib oladigan gapim bor, - dedim. – Bugun u yoqqa boribsan… Nega yana hayotimga aralashyapsan? Biz ajrashish uchun sudga ariza bergandik-ku!
- Keting, men hech qayerga borganim yo`q! Bormayman ham!
Ichkaridan kelgan bu ovozni eshitib qotib qoldim. Nahotki, Marjona meni aldagan bo`lsa! Darrov izimga qaytdim va yo`lda bir narsaga amin bo`ldimki, nega o`z uyimga borganimda yuragim jiz etmadi? Axir ichkarida o`z pushtikamarimdan bo`lgan farzandlarim bor edi-ku!
Borib endi to`rtinchi qavatga chiqsam, beshinchi qavatdan uy eshigimiz oshildi va bir yigit chiqdi. Marjona u bilan o`pishib xayrlashdi va << o`zim qo`ng`iroq qilaman>>, dedi. Men ahmoq yigit yonimdan o`tib ketishini kutdim va u pastga tushib ketgach, uyga chiqib eshikni taqillatdim. Eshik ochildi.
- Xotinchang darrov qo`yib yubordimi? – dedi u zarda qilib. – Men qaytib kelmasang kerak deb o`ylagandim
- Xozir chiqib ketgan kim? – deb so`radim.
- Nima ishing bor? Hamma narsa uchun hisob berishim shart emas, demaganmidim?!
- Qoch! – men bir qo`lini eshikka, bir qo`lini beliga tirab turgan jazmanimni itarib, ichkariga kirdim va to`g`ri borib yotoqxonaga qaradim. Divan usti…
- Bor yo`qol! – baqirdim unga - ket o`sha o`ynashingning oldiga!
- Nima? – dedi u. – Nima deyapsan? Kim kimga
Maqola nomi : Maslahat bering azizlar
Vaqti : 26.04.2014|19:35
Ko'rilgan : 3923
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 316/234
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :14 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика