UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men adoyi tamom bo'lgan odamman, lekin baxtiyorman. Har qalay, men qo'limdagi kosanitag-tugiga qadar sipqorib ulgurganimcha yo'q. To'g'ri, judayam oz bo'lsa-da, hali ichida nimadir bor. Uni so'nggi tomchisiga qadar totib ko‘rishdan umidvorman. Agar yana ozgina yashay olsam, albatta: anchagina keksayib qolganman, bir oyog‘im to‘rda bo‘lsa, bir oyog‘im go‘rda.
Mana, talay yillardan buyon hamma mening ijodiy tanazzulgayuz tutganimni, yozuvchi sifatida uzil-kesil va tamomila"o‘lib bo‘lganimni” uqtiradi. Bu xususda ochiq-oshkor aytmasalar-da, o‘zlaricha shunday o‘ylaydilar. Mening e’lonqilgan har bir yangi asarim qiyalik bo‘ylab pastga qarab qo‘yilgan yana bir qadam sifatida baholanadi. Shunday, tobora pastlasha-pastlasha, oxir-oqibat, boshi berk ko‘chaga kirib turibman.
Hammasiga avvalo o‘zim sababchiman. Men o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt mobaynida ongli ravishda, avvaldan puxta o‘ylangan reja asosida asta-sekin, biroq to‘ppa-to‘g‘ri tubsiz chohga qarab yo‘l yurib keldim.
Boshqacharoq aytganda, deb so‘raysiz siz mendan, sen o‘zing shu ko‘rgilikni istab, o‘zingga o‘zing choh qazidingmi, bundan chiqdi?
Ha, shunday, xonimlar va janoblar, xuddi shunday. Men o‘zijodimda avvaliga ko‘z qamashtirar yuksakliklarga ko‘tarildim. Mashhurlik shohsupasiga chiqdim. Jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdim.
Omadim yurishgandan yurishaverdi. Shu ketishda yanayam yuksakroqlarga parvozqilishim mumkin edi. Agar istasam bas, ortiqcha zo‘riqishlarsiz to‘la va mutloq shuhratga erishgan bo‘lar edim.
Lekin men istamadim.
Buning ustiga, men batamom boshqacha yo‘l tanladim. O’zim erishgan yuksaklikdan (e’tiboringiz uchun, ijodda, mayli,Himolay demay, har qalay, Montorozaning eng baland cho‘qqisiga mengzagulik anchagina yuksak ko‘rsatkichlarga erishganman!) sekin-asta pastga tushishni ma’qul ko‘rdim. Yuqoriga ko‘tarilayotganimda sakrab-sakrab o‘tganim ayni o‘sha yo‘lniquyiga tushayotganimda boshqacharoq tarzda bosib o‘tishga ahd qildim.
Ayanchli ahvolda past ketishningbutun achchiq alamini tatib ko‘rishim kerak edi. E’tibor bering, ayanchli, biroq faqat bir qarashdagina shunday. Zotan, men bu asta-sekin tushishdan chinakamiga huzur-halovat tuydim. Shu bugun kechqurun men sizga hammasini batafsil tushuntirib bermoqchiman. Dil sandig‘imda uzoq saqlangan botiniy sirimni ochib ko‘rsatmoqchiman. Arzi holim sahifalarini g‘ilofga joylab, ustini yelimlab qo‘yaman, toki ular menbu dunyoni tashlab ketganimdankeyingina ochib o‘qilsin.
Qirq yoshimda ijodiy yutuqlar ummonida chappor urgancha qulochkashlab suzar ekanman, kamina o‘z-o‘zimga qattiq maftun-mahliyo edim, biroq, haytovur, ajoyib kunlardan birida ko‘zim ochildi.
Olamshumul shon-shuhrat, dovruq, as’asa-dabdaba, xalqaro e’tirof, mashhuri jahonlik – aynan shularga men butun jon-jahdim bilan intilgan edim-a, buni qarang! – kutilmaganda ko‘z oldimda o‘zining qip-yalang‘och nochor-notavonligi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi-qoldi.
Mashhuri jahonlikning moddiy jihatlari meni qiziqtirmas edi. Chunki o‘sha paytlardayoq anchagina boy, o‘zimga to‘q edim. Xo‘sh, yana nima kerak?.. Qarsaklar, g‘alaba nashidasi, jimjimador sarobmi?.. Ayni shularni deb qancha erkak va ayollar shaytonga o‘z jonlarini sotmadilarmi? Har gal bu osmondan yog‘ilgan chalpakningurvog‘ini tatib ko‘rganimda og‘zimda uning achchiqdan-achchiq, ko‘ngilni aynituvchi ta’mini his qiladigan bo‘lib qoldim. Mashhuri jahonlikning eng oliy darajasi nima, deb so‘radim o‘zimdan. Javob ham topdim. Nihoyati shundan iboratki, ko‘chada ketayotganingizda odamlar alanglab qarashadi-da, o‘zaro shivirlashadi: ana, ko‘ryapsanmi, ana u!.. Shugina, xolos! Buning ustiga, e’tibor bering, hatto manashu asossiz huzur-halovat ham faqatgina mashhur siyosiy arboblar yoxud shon-shuhrat gulchambariga o‘ralgan kinoyulduzlarninggina chekiga tushar ekan, xolos. Hozirgi paytda oddiygina yozuvchiga e’tibor berishlari uchun – bilmadim, qanday mo‘‘jiza yuz berishi kerak.
Ustiga ustak, medalning orqa tomoni ham borligini aytmaysizmi! Taniqli yozuvchining kundalik hayoti qanchalik do‘zax azobiga aylanibqolishini siz bilasizmi o‘zi: bitmas-tuganmas majburiyatlar, muxlislarning xatlari-yu telefon qo‘ng‘iroqlari, intervyular, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, radioda chiqishlar va boshqa shular kabi behisob-bemaza dahmazalar. Lekin meni qo‘rqitgan narsa bular emas! Kaminani qattiq sergak torttirganva bezovta qilgan kuch butunlay boshqa narsa! Men shuni sezib qoldimki, shaxsan o‘zimga qariyb hech qanday huzur-halovat baxsh etolmaydigan har bir ijodiy yutug‘im... ko‘pchilikni qattiq azob-uqubatlarga giriftor qilar ekan! O, mening ijodiy hayotimdagi eng quvonchli lahzalarda do‘stlarim va qalamkash birodarlarimning bezovta-behalovat avzolari o‘zimda qanchalik achinish, rahm-shafqat hislarini uyg‘otganini bilsangiz edi! O’zim bilan eski qadrdonlik va umumiy
Maqola nomi : Yozuvchining siri (hikoya). Dino Butssati
Vaqti : 26.04.2014|19:27
Ko'rilgan : 3245
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 307/247
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика