UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bir marosimda uch-to’rt kishi u yoqdan bu yoqdan gurunglashib o’tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: "O’rtoq, qizingni uzatibsan, endi o’g’lingni ham uylantirarsan”, dedi. Piyolani olarkan, u: "Yo’q, o’g’lim hali uch yil o’qishi kerak. Bu yoqda joy muammosi ham bor. Bilasan onamiz, to’qsondan oshdilar. U kishi bandalikni bajo keltirsalar, kelinni kampirning uyiga tushuraman”, dedi.
Esim og’ib qoldi. "Onasi o’lganidan keyin to’y qiladigan” kishi yoshlari elliklardan oshgan, oily ma’lumotli, yurt ko’rgan boobro’ kishi bo’lganidan salobati bosdimi, hech birimiz churq etolmay qoldik.
Buni qarangki, shu honadonda aytilganidek uch yildan keyin to’y bo’ldi. Yangi kelin kampirning uyiga emas, qaynotasining uyiga tushdi. Chunki bir yil muqaddam yurak xurujidan vafot etgan o’g’lining o’rniga kampir nevarasini uylantirgan edi.
Maqola nomi : Onamiz bandalikni bajo keltirsalar to`y qilaman
Vaqti : 26.04.2014|19:26
Ko'rilgan : 1543
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 324/323
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :27 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика