UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Avtobusda odam unchalik köp emasdi. Bekatda 35 yoshlar atrofidagi bashang kiyingan ayol avtobusga chiqdi. Kun juda issiq, aksiga olib hamma joylar band. Faqat orqaroqdagi o'rindiqlarningbirida14-15 yow atrofidagi qizcha jimgina ko'chani tomosha qilib ketardi. Ayol o'sha tomonga yurdi. Lekin qizcha joy berishni hayoliga ham keltirmasdi. Avtobus juda imillab keyingi bekatga keldi. Yana 5-6 odam chiqqach ayol battar o'ng'aysizlana boshladi. Nihoyat uqarshisida o'tirgan ayollardan biriga qizcha eshitadigan qilib gapirdi: "Biz yoshligimizda avtobusga o'zimizdan kattalar chiqqanida joy berardik. Hozirgi bolalarga hayronman. Masalan manavi qizcha (qo'li bilan ko'rsatdi), ota-onasi har kuni nimani o'rgatadi, bilmadim. O'tiriwini qarang"! Qizcha yarq etib ayolga qaradi. Ayol g'olibona nazarda qizchaga qarardi. U haq gapni aytganidan yuzida mamnuniyat sezilardi. Qizcha yerga qarab jim bo'lib qoldi. Keyingi bekatda avtobus to'xtagach 23-24 yowlardagi bir yigit shoshilib chiqib qizchaning yoniga keldi. - Akajon - qizcha ko'zyoshlarini ortiq tiyolmadi. Akasi uni ko'tarib oldi. Ular haligi ayolning yonidan o'tiwarkan, qizcha halitdan beri ularga ma'noliqarab turgan ayolga dedi:"Qaniydi ota-onam bo'lsa..." Ayol jim edi. U avtobusdan tushib qizchani nogironlik aravachasiga o'tqazayotgan yigitni kuzatib qoldi. "Uning ota- onasi 3 oy oldinavtohalokatga uchragan, faqat shu qizcha tirik qolgan", kimningdir ovozi ewitildi. Avtobus yurgan vaqtda qizcha o'tirgan, bo'w o'rindiqqa qarab qolgan ayolning ko'zlaridan yosh tinmasdi... Yetimni yig'latish Kab'aga tosh otish bilan barobar azizlarim, bilib bilmay birovni ko'nglini og'ritishdan o'zingizni tiying! Ushbu xikoyani bir opamizhikoya qilib berdilar. Alloh qilgan gunoxlarimizni o'zi kechirsin!
Maqola nomi : Yettim Qolgan Qiz...
Vaqti : 26.04.2014|19:25
Ko'rilgan : 1299
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 318/254
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :79 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика