UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bundan to'qqiz yil avval.. Taniqli arab mamlakatlaridan birining poytaxtida.. Majid hali o'n yettiga ham kirmagan bir bola edi.. Otasi shahardagi mashhur tijoratchilardan biri edi. Bir kuni Majid uylari oldidagi masjidning imomi bilan tanishdi.. Undan Allohni, Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni sevishni o'rgandi, qalbidagi iymon nurlari go'zal tabassum bo'lib yuzida ko'rina boshladi. Lablari doim tabassum qilib turardi, u otasiga muhabbat bilan halimlik bilan go'zal muomala qilardi.. Otasi kelayotganini ko'rsa o'rnidan turar hurmat bilan o'pib qo'yardi.. Otasi undagi bu o'zgarishlarni sezdi, u endi Majidning xonasidan chiqadigan baland ovozda qo'yilgan musiqalar ovozini eshitmas edi. O'g'li avvalgidek kiyinmas ovozini baland ko'tarmas, juda ham sokin ko'p vaqtini qur'on tilovat qilish, onasini xursand qilish va Alloh zikri bilan o'tkazar edi.. Bu xolni kuzatib otaning g'azabi qaynardi. U "Mening o'g'lim intizomli bolalar safiga qo'shilishi aqlga to'g'ri keladimi? Yo'q, yo'q mening qur'on yodlaydigan qattiq tartibli bolam bo'lishini istmayman menga "klassik" bola kerak deb o'ylardi... Bu o'ylar uni aqlini ketkazdi. O'g'liga yomon muomala qilshni boshladi xar hil yomon gaplar bilan Majidni siqardi. Bu nima qilganing? Hozir namoz vaqtimi? kim senga zikr qil dedi? nega qur'on o'qiyapsan? nima kimdir o'lib qolibdimi? Kabi gaplar bilan o'g'lini bu yo'ldan qaytarishga kirishdi.. Majid esa bamdod namoziga turishni boshladi. ertalab turib otasini eshigini taqillatar "Dadajon turing namoz vaqti bo'ldi" derdi. Bunday xollardan otasini aqli ketib qolay derdi. Nega unday bo'lmasin! Axir uylanganidan buyon bir ra'kat ham namoz o'qimagan-ku!! endi mana bu tirrancha o'g'il kelib yarim kechada namoz o'qish uchun uyg'otsa-ya! O'g'lini qattiq urishni qur'on kassetalarini sindirib tashlashni u eshitadigan ma'ruzalarni yondirib yuborishni boshladi. Bir kuni Majid otasini namozga uyg'otish uchun xonasi eshigini taqillatdi. ota eshikni ochib yuziga shapaloq tushirganda unga qarab jilmaydi va namoz o'qishlik uchun ketdi. Shunda ota bildiki agar o'g'lini hozirgi tanishlaridan uzoqlashtirsa o'g'li yana avvalgidek musiqa eshitadi yana xar hil qizlar bilan tanishadi yana avvalgidek odobsizliklariga qaytadi.. U masjid imomining oldiga borib qattiq ovoz bilan "nega o'g'limni buzdingiz" deb so'radi.. Imom jilmayib: "Biz sizning bolangizni buzmadik, balki unga xaq yo'lini ko'rsatdik, yaxshiliklarni o'rgatdik va u xaqni topdi hozir o'g'lingiz qur'ondan olti pora yodlagan namozlariga haris" dedi. Bundan battar g'azablangan ota: Hoy ahmoq odam agar yana biror marta o'g'limni yana bir marta senlar bilan yurganini yoki birorta darslaringga qatnashganini bilguday bo'lsam hollaringga maymunlar yig'laydi. deb baqirdi. Va shayxni yuziga tupurdi.. Shayx kulib sizdan Alloh rozi bo'lsin. Robbim o'zi hidoyat bersin dedi va soqolini artib masjidga kirib ketdi.. Oradan kunlar o'tdi Majid otasiga yaxshi muomalasini orttirdi unga go'zal xulqini ko'rsatishga hizmatiga har doim tayyor ekanligini bildirishga harakat qildi.. Lekin ota bu harakatlardan battar tutaqib ketardi.. Majidni fisqu fasodda mashhur bo'lgan bir amakivachchasi bor edi.. Otasi shu amakivachchasi bilan gaplashib uni hozir yashayotgan bu hayotdan uzoqlashtirish uchun birga safar qilishga ko'ndirdi.. Amakivachchasi Majidni oldiga kelib "ajoyib yangilik sen va men ikkalamiz Ispaniyaga boramiz,, Ispaniya avvalgi Andalus, islom poytaxti ikkalamiz ziyorat qilib kelamiz" deb uni ishontirdi.. Endigini islomni o'rganishni boshlagan bechora bu gaplarga shundoqqina ishonib hursand bo'ldi va safar tayyorgarliklarini ko'ra boshladi.. Majidni otasi bilet, viza, u yoqda yashash harajatlarini hammasini o'z bo'yniga olgandi.. Majid va uning amakivachchasi qayg'ular samoliyotida Madrid tomon uchib ketishdi. U yerda esa hisob-kitoblarida bo'lmagan ishlar boshlandi.. Atrofi tungi klublar va "dam olish" joylari bilan to'lgan bir mehmonxonaga joylashishdi. Amakisining o'g'li bu klublarga tushardi.. Majid esa bunday joylarga sherik bo'lishdan bosh tortar, faqatgina ba'zida ertalab shaxar aylangani chiqib turardi.. Lekin yarim yalang'och ayollar rasmlari fitnalar va qo'shiqlarning ko'pligi unga o'z ta'sirini o'tkaza boshladi.. Kunlar o'tib Majid mehmonxonada o'qib yurgan namozini tark etdi.. Erta-yu kech qaytarib yuradigan duolarini unutdi.. Lablari oy davomida tinmasdan chekilgan sigaretlardan qorayib tungi bedorliklardan yuzlari sarg'aya boshladi.. Amakisini o'g'lini yuziga ayyorona tabassum o'rnashdi u ishlatgan xiyla o'z natijasini ko'rsata boshlayotgandi.. Bir kuni tungi klublarning birida u Majidga bir miqdorda giyohvandlik moddasi aralashtirilgan sigaret tutdi.. Majid uni oldi, oldi-yu zulmatlar qudug'iga yiqildi.. Esingizdami imoning orqasida turadigan o'sha go'zal yuz.. Chiroyli tabassum.. Majid o'ziga odat qilib olgan ajib bir sukunat.. Esingizdami Majidni soqolini ziynatlab turadigan kichkinagina "soch"chalar.. Bularning hammasi sarobga aylandi.. Ko'zlarning atrofidagi qoralik, uyqusizlik,
Maqola nomi : Nega Dadajon????
Vaqti : 26.04.2014|19:21
Ko'rilgan : 2731
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 361/315
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :41 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика