UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
U juda sohibjamol edi. Boshqa qizlarga öxshamasdi. Hayotga özgacha nigoh bilan boqardi. 19 yoshli gözal qizni tabiiy ravishda sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofidagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha va betakror sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan uning kelishini ham his etib turardi.

Shunday kunlarning birida har kungidek darsga kelgan qizning hayotida ajoyib va muhim bir hodisa röy berdi. Qishning sovuq nafasidan qochib ichkariga kirgan qiz öz örniga ötirarkan, közi partasining ustida turgan qip-qizil atirgulga tushdi. Ushbu nafis gulning bandiga biriktirilgan pushti qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi: "Hayot gözal..."
Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi. "Qiziq,- öylardi qiz,- juda chiroyli gul ekan, ammo uning egasi kim?" Shu asnoda gulga qarab jilmayib turgan qizni körgan kursdoshlari bir-birlariga ma'noli qarab qöyishardi. Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat... Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi. Ammo harchand urinmasin gullarni yuborayotgan kishining kimligini bila olmasdi... Fevralning odatiy kunlarining birida qiz öz tug'ilgan kunini nishonlash uchun uyqudan ertaroq uyg'ondi. Körgan shirin tushidan entikib jilmayib qöydi. Derazadan qor yog'ayotganini körish mumkin edi. Bu manzarani yaxshiroq körish uchun qiz köchaga qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot gözal!" Surat yonida dökoncha egasi asabiy holda telafonda kim bilandir gaplashar, aftidan bu surat unga umuman "yoqmagan" edi. Qiz bölsa, yana bir bor ösha sirli yigit haqida öylardi...
U döstlarini bazm dasturxoniga taklif qilarkan, uyi yaqinidagi qandolat dökoniga kirib tug'ilgan kun tortini buyurtirdi. Ziyofat yugur-yugurlari bilan kun böyi band böldi. Kech tushgach döstlarini kutib olarkan, uyiga buyurtma qilingan tortni olib kelishdi. Öyin-kulgu, tabriklar, sovg'alar... Hammasi ajoyib edi. Eng ajoyibini esa qiz tortni kesish vaqtida kördi. Tort bezaklari orasida bejirimgina harflarda yozilgan shunday sözlar bor edi: Hayot gözal...

Ertasiga qandolat dökonidan tort haqida surishtirgach qizga dasthat sohibining 22-23 yoshlar atrofidagi, kelishgan yigit ekanligi ma'lum böldi xalos. Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilar, odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada go'zalroq va jozibador körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam gözal körinardi...

Shunday sirli va qiziq öy-hayollar og'ushida bahor kirib keldi. Tabiat xuddi öziga oro berayotgandek yashil rangga belana boshladi. Shunday tonglarining birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo havo va xiyobondagi yashil gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, - yigit shoshmasdan qizning velosipedi zanjirini örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi. U böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit bamaylixotirlik bilan öz velosipediga ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan bir zum termulib qoldi...

Qizga atirgullar kela boshlaganiga bir-necha oydan oshgandi. Lekin, qiz haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u-bu ishlar bilan ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yöq, osmonni qoplagan qop-qora bulutlar atrofni yanada qorong'u körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni chöchitardi.
Shu mahalda unga tanish, yoqimli ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz beixtiyor sevindi. Bu sevinch ösha yigitni yana qayta körganligi uchunmi va yoki boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini aytmadi:
- Yöq, özim...
Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Bilaman, taksi kutyapman. Hozir kelib qoladi.
- Men taksichi bölganimda bunaqa yomg'ir mahali mashinamni panaga olib,
Maqola nomi : Hayot gozal
Vaqti : 26.04.2014|19:20
Ko'rilgan : 7490
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 436/416
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :41 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика