UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Baland qavatli
uylarning birida faqir bir oila yashardi.
Er-xotin va 8 yoshli bolakay. Ota-ona
kun
böyi ishda, bolakay esa uyda yolg'iz
o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas bilan
qarab o'tirardi. U
ham özining shunaqa velosipedi
bölishini orzu qilardi. Lekin oilada bu
orzuni amalga oshirish uchun na pul,
na vaqt va hattoki bolaning orzusini
eshitadigan
kishi ham yöq edi. Bolakay oilasini
velosiped sotib olish bilan qiynab
qöyishini anglar, lekin uning bu
orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo mehribon,
chin dildan nimaiki sörasang albatta
beradi" degan sözlarini esladi.
Qog'oz, ruchka olib, qog'ozlarni
yuzlab, minglab bölaklarga böldi va
har bir qog'oz parchasiga: "Ey
Хudoyim, menga
velosiped ber" deb yozib chiqdi.
Bolakay o'zining chin qalbdan tilagan
orzusi yozilgan qog'oz
parchalarini oltinchi qavat
derazasidan bir-bir tashqariga
socha boshladi. U "Хudoga
qog'ozlarimning biri bölmasa biri
albatta yetib boradi va Xudoning
menga rahmi kelib, menga
velosiped yuboradi" deb qalbdan
ishonardi. Kunlar o'tib borar, bola har
kuni qog'ozchalarni
derazadan sochardi. Uning hayoli
faqat shu ishda bölib qolgandi.
Qog'ozlar tugasa yangisiga yozishni
boshlardi, darslik
daftarlargacha sarf qildi. Bolakay
boshqa hamma narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni yirtar,
yozar va derazadan uloqtirardi.
Ba'zan qog'ozlarga purkalayotgan
ruchka siyohiga bolakayning qop-qora
ko'zlaridan tomchilayotgan yoshlar
qo'shilib ketardi. Kunlar o'taverardi,
bolakay har kuni tongda "Bugun
Xudoga qog'ozim yetib boradi" degan
umid bilan yangi ruhda ishini
boshlardi. Va
nihoyat bir kuni eshik taqilladi.
Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli
kiyingan bir erkak kishi qölida bola
chin dildan erishishni
istagan, har kuni tushida körib
chiqadigan velosiped bilan turardi.
Kishining ko'zlarida
allaqanday mungli jilmayish zohir edi.
U yengil xo'rsinib velosipedni bolaga
uzatdi. "Qog'ozing
Xudoga yetib bordi, o'g'lim, bu senga,
maza qilib min..." Bolakay nima
deyishini bilmasdi. Kishi zina tomon
yurib ketarkan ortiga
o'girildi, uning yuziga bir tomchi yosh
dumaladi. U bolakayga yuzlandi: "Endi
Xudodan, bir
martagina shu velosipedni olib
kelgan amakiga ham farzand ber deb
so'ragin, xöpmi..."
Maqola nomi : Menga velosiped ber...
Vaqti : 26.04.2014|19:17
Ko'rilgan : 1266
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 246/200
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :54 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика