UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Xarid uchun supermarketga borishimga tög'ri keldi. Aylanib, ul-bul xarid qildim. Kassa yoniga yaqinlashganimda qiziq voqea sodir böldi. Yerda, kimdir
tushirib qoldirgan qog`oz pul yotardi. Körinishidan yuz dollarlik kupyuraligi bilinib turardi... Qarasam bir 8-9 yoshlardagi kichkina qizaloq sekin kelib pulni oldida, yugurib
chiqib ketdi. U ketgach, yonimdagi ayolga gapirdim: "Shayton qiz, dollarniyam biladi, endi bu puliga bir oy muzqaymoq olib
yeyishi mumkin, bolalarni yaxshi tarbiyalashmayapti..." Hisob-kitob qilib bölgach ko'chaga chiqdim. Uyimga eltadigan markaziy köcha böylab yigirma qadamlar yurgach
boyagi qizchani körib qoldim. Qizaloq topib olgan pulini yöl chetiga örnatilgan qutiga tashlardi. Ötgan-ketganlar e'tibor ham bermaydigan bu quti "Yolg`iz bolalar uchun yordam" xayriya qutisi edi...
Etim jimirlab ketdi. Bu yo'ldan har kuni o'tardim, yuz dollar nari tursin yuz söm
tashlash ham hayolimga kelmagan. Kulganim uchun o`zim g`alati bo`lib ketdim.
Boyagina men shaytonga qiyos etgan kichkina qizcha bölsa, xuddi qilgan ishidan köngli tölgandek menga jilmayib qarab turardi...
Maqola nomi : Hayriya qutisi
Vaqti : 26.04.2014|19:15
Ko'rilgan : 1712
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 407/373
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика