UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Qadim zamonda tush ta'birini yechib beruvchi munajjimlar bo'lar ekan. Bir ulug' munajjimning ta'biri doim to'g'ri chiqar, obro-e'tibori, hurmati ham shunga loyiq, shogirdlari ham bisyor ekan. Kunlardan bir kuni bir kishi o'ta hovliqib, xafa holda kelib debdi: - Taqsir, tushimda burnimdan qon ketibdi, ayting endi nima bo'ladi? Munajjim biroz o'ylanib turib, "Sizdan davlat ketar ekan, tijorat ishlaringizni biroz to'xtab turing", - debdi. Ertasi kuni yana bir kishi xursand holda kelib ta'birchidan so'rabdi: - Taqsir, tushimda burnimdan top-toza, qip-qizil qomd kelibdi, buning ta'biri nima bo'ladi? Tаbirchi aytibdi: - O'g'lim, ishingiz o'ngidan kelar ekan, sizga davlat ilashibdi. Tijorat ishlaringizni kuchaytiring! Yigit xursand bo'lib chiqib ketibdi. Tabirchining shogirdlari hayron bo'lishibdi va so'rashibdi: - Ustoz, buni qanday tushunaylik? Bir xil tushga ikki xil ta'bir aytdingizku. Yoki keyingi mijoz ko'proq ehson berdimi?, - deyishibdi. - Yo'q, - debdi ustoz. - Tush ta'birini avvalo odamning o'zi beradi. Birinchi odam xafa bo'lib kelib "Burnimdan qon ketdi" dedi. Ikkinchi odam xursand holda kelib, "Burnimdan qon keldi", deb aytdi. Mana so'zimga ishonmasalaring ko'ringlar, tez kunda men aytganlar naqadar to'g'riligiga o'zingiz guvoh bo'lasiz! Xa azizlar, har bir tushimizni, har bir ishimizni ham yaxshi niyat bilan boshlaylik. Axir tushga nimalar kirmaydi?
Maqola nomi : Ikki hil bashorat
Vaqti : 26.04.2014|19:14
Ko'rilgan : 1507
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 290/320
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика