UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Orzularim hazonga aylanadi deb hech o'ylamagandim, Har bir orzularing bilan meniki eding ... Yana tun. Yana azobli tun. Avvallari shu tun mening quvonchlarimga, ishqiy hayollarimga sirdosh edi. Endi esa dardimga dardkash. Muhabbat, sevgi, ishq... Bu ishq deganlari umrimni bunyod qildi, so'ng barbod. Nega sevdirding ey ishq? Sevgini bilmagan insonni qiynamoq uchunmi? Qalbim o'rtanadi. Go'yo ismi yuragimga hanjar bo'lib urilgan. Sening yoningda bahor bo'lmoqchi edim. Hozir esa o'zimni kuzning hazon bargli daraxtidek his qilyapman. Kuzdek hazon bo'laman deb hech o'ylamagandim. Har bir bargim bilan seniki edim. Ammo har bir bargim bilan sendan ayrildim. Hech bir yaprog'imni olib qola olmading. Nega? Nima uchun? Yuragimni ezayotgan sog'inchmi? Yoki ayriliq zahrimi? Menga asraganing hijronning tig'imidi? Nima edi ko'nglingda hukm surgan tuyg'ular? Nima edi ko'zlaringda qotgan sirli nigohlar? Men shu sirning asiri edim. Nahotki bularni anglamoq uchun asir bo'lmoq ham kamlik qilsa? Yoki sen hohlagandek sevolmadimmi? Ko'zing qahridan tig'lar otding. Endi bu tig'lardan zahridan yuragim og'rib o'tadi. Yulib tashlamoqni esa sira iloji yo'q. Achinarlisi seni yuragingdan ham joy topa olmadim. Nahotki bu dunyoda eng go'zal sevgi mahkum-u mustahid! Seni ruhim, jismim va hayotim bilan juda qattiq sevdim. Sen meni yo'qotib nima topding? To shu kunga qadar sen meniki eding. Men esa seniki. Ruhimga nur bergandi issiq yoding. O'tinchim bo'lgandi hatto isming. Shu ismingga tirab tiklagandim o'zimni. Qancha sevgan bo'lsam shuncha olisman. Yiroqman juda. Endi ayriliq saxrosida o'zim sargardon yuribman. Sen uchun endi men yo'qman. Ahir endi men unutildimku. Ho'rlanib, toptalib og'ringan bu ko'ngilni endi birov qo'liga olmaydi. Ahir bu yurak endi qo'lga ilinmaydi ham. Chunki o'zga qo'llar mehrini kutishga uning bardoshi yetmaydi. Asli unda bardosh qolmadi. Hatto bardoshga bo'lgan ilinj ham yo'q. Bu yurakda hech narsa yo'q. Kuyib kulga aylangan muhabbatdan bo'lak hech narsa. Men-ku sensiz yashay olaman. Ammo sen mensiz yashay olasanmi? Qalbimda shu savol qolgan. Shu halos yuragimni ushlab turgan so'z. Sen qaytar bo'lsang meni darhol o'ldirgin. Sen bilan yana sevishmoq uchun bu yurakda ishq yo'q. Ahir olov misol muhabbat kulga aylandi. Yuragim o'lishdan oldin bir tilak so'ramoqda: Nigohimiz uchrasharmikin ko'ngil arshida? Bu shunchaki bir istak. Armonga aylangan istak. Menga sevaman deb aytmading. Ahir meni o'limdan asrab qolardi shu munavvar bayt. Yoki asli qasding meni o'ldirmoqmidi? Nigohlaringda qotgan sir shu ishqqa to'lgan yanchimoqmidi? Seni deb og'rindim. Ammo sen og'rinma. Seni deb ming sindim. Lekin senga buni hech ham ravo ko'rmayman. Jismimni jonim tark etganda ham dilimda ismingni mahkam quchoqlab ketaman. Ahir yuragimda sen borsan-ku!
Maqola nomi : Yuragimdasan
Vaqti : 26.04.2014|19:12
Ko'rilgan : 1667
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 341/328
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика