UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
"Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga qarab qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga yordam ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi. Operatsiyada doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi bolakay. Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab yana qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul ber, Xudojon" Bolakayning onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini öylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan köplab qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib kirishdi. Közlari shishib ketgan, oppoq choyshab yopingan köyi chözilib yotgan oyisining yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi özimni toychog'im... -Oyi, endi tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi. -Menga yana ertak aytib berasizmi? -Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday sönggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning köpligidan hayron qoldi. Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib söradi u. Dadasi chökkalab ötirib ög'lining közlariga boqdi: "Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim tuzalib ketsa böldi, men bitta ham muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan dadasining köz yoshlari uning yuziga tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga qölini chözdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib ber!
Maqola nomi : Oyimni qaytarib ber
Vaqti : 26.04.2014|19:11
Ko'rilgan : 1166
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 156/199
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :34 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика