UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
ko'rgandek bo'ldim. - Nima? Malika dedingizmi? Demak… Ismimiz ham bir xil ekanda! Siz ham Malikamisiz? Buni qarang. Sizni menga Ollohimning o'zi yubordi. Malika! Bu ismni yana aytib chaqirayotganimdan shunday baxtlimanki! Sizdan bir narsa so'rasam maylimi? - Albatta! Negadir bu g'alati yigit menga yoqib qolgandi. - Keyingi bekatda bir xiyobon bor… Biz u bilan doim shu xiyobonda uchrashar edik. Agar yo'q demasangiz… - Mayli. Yigitning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Biz keyingi bekatda tushib qoldik. Bilasizmi, u hatto mening oqsoq oyoqlarimga e'tibor ham bermadi! Shavkat! Shavkat ekan uning ismi! Quvnoq, ko'rkam, kuchli!.. Nimalar deyapman o'zi? Menga nima bo'lyapti? Hiyobonda ikki soatlar aylandik. Keyin telefon nomerlarimizni almashdik. U albatta qo'ng'iroq qilishga va'da berdi. Men juda baxtliman... 04.02.2005 Uxlolmayapman… Nega qo'ng'iroq qilmadi? Balki… O'zi nega ajablanyapman? Tag'inam oqsoqligimni ko'rgan zaqoti burilib ketib yubormadi- ku? Yana qo'ng'iroq ham qilsinmi? Yeh…Men bo'lsam nimalarni orzu qilib yuribman. Uxlash kerak… 05.02.2005 Tong saharlab telefon jiringladi. O'zi kechasi uxlolmay chiqqanimdan boshim shunday og'riyaptiki! Shunday shirin uyqumni buzgan yaramasni qarg'ab-qarg'ab telefonni ko'tardim. - Allo! - Kechirasiz… Bu Malikalarning uyimi? - Yo'q qo'shnilarniki! -dedim jahl bilan. - Malika, bu sizmi? - Ha, o'ziman, kim bu kallai saharlab?! - Men… Men haligi… Shavkatman. Yuragim qaerdaydi? Tushib ketdi chog'i… Voy Xudoyim, yer yorilmasa kirib ketmasam. Men aqmoq nimalar dedim-a? Sizmidingiz… Assalomu aleykum! Uzr… - Hechqisi yöq. Ikki kundan beri sizni öylayman, Malika, tuni b-n uxlolmay chiqdim. Tongning otishi biram qiyin böldiki, sizni bezovta qilib qöyishni öylamay qöng'iroq qilib yuboribman. - Bezovta qilmadingiz! Özim ham… u yog'ini aytishga, "qöng'iroqingizni kutayotgandim" deyishga uyaldim. Lekin u xuddi sezgandek - Rostdanmi,-dedi,- Agar… Ilojingiz bölsa, bugun uchrashsak, ösha, avvalgi joyda. - Albatta! -shunday dedimu duv qizarib ketdim. - Soat 3 da ilojingiz bormi? - Harakat qilaman. - Kutaman. Göshakni qöyishga qöydim-u, yuragim xuddi qafasidan chiqib ketayotganday urayotganini his qildim. Nima kiysam ekan? 06.02.2005 Kechadan beri özimga kelolmayman. Közimni yumganim zahot, kechagi uchrashuv köz oldimga kelaveradi. Öz vaqtida, hatto salgina ilgariroq yetib bordim u yerga. Chinor daraxtining ostida, qöllarida bir dasta oppoq atirgulllarni ushlagancha kutib turgan ekan. Meni körib yosh boladay sevinib ketdi. - Kelmaysiz deb öylagandim,- dedi jilmayib. - Nega endi? Döst tutingan bölsak, bundan buyon tez-tez uchrashib turamiz! Shundaymi? - Albatta! -shunday dediyu, biroz öylanib qoldi,- qiziq, gapirishingiz, quvnoq fe'lingiz, barisi mening Malikamga öxshab ketarkan… - Rostmi? - Rost… Faqat taqdiringiz öxshamasin ilohim. Uni chalg'itish maqsadida - Yuring, aylanaylik! -dedim quvnoqlik b-n. - Xösh, Malikam, buyursinlar, qayerga boramiz? - Ochiq fazoga! - Amringizga muntazirman! U qöllarini ko'ksiga qöyib ta'zim qildi. Ikkalamiz ham kulib yubordik. Kun juda maroqli ötdi. Hiyobon ham, undagi darxtlar ham juda go'zal edi. Kechgacha aylandik o'ziyam. Menga oilasi haqida so'zlab berdi. Aytishicha badavlat oilaning kenja farzandi ekan. Mendan ham oilam haqida so'radi. Mening oilam o'rtaholgina edi. Otam qimorga berilgan, yutqazib qo'ysa uydagi qo'liga ilingan narsani olib chiqib sotib yuboradigan odam edi. Mushtipargina onam esa, boriga qanoat qilib yo'qni yo'ndirib yashab kelayotgan ayol… Men unga bular haqida aytmadim. Negadir… Nomus qildim. Tavba, u bilan atigi ikki marta uchrashgan bo'lsakda, huddi ming yillik qadrdonlarday tutardi o'zini… Xayrlashayotib qo'llarimni bir zum tutib turdi. Men ham tortib olmadim. Bechora, uyalgandek qizarib ketdi. - Ko'rishamiz-a? -dedi yerga qarab. - Nasib etsa… qo'llarimni asta sug'urib olib, uyga qarab yugurib ketdim. Kaftlarim o't bo'lib yonardi go'yo… Onamga dugonamnikiga boraman degandim. Havotirlanib kutib turgan ekanlar. Chopib borib yuzlaridan o'pib qo'ydim. Onajonim doim ma'yus yuradigan qizlaridagi bu o'zgarishni ko'rib hayron edilar. Mening esa tinmay sakragim, baqirgim, raqsga tushgim kelardi. Hatto oqsoqligim ham yodimdan ko'tarilibdi. 10.02.2005 Kundaligimga yozmaganimga ham to'rt kun bo'libdi. Nimaniyam yozay? har kunim shodlikka, baxtga to'la bo'lsa! Yana yonimda Shavkatday do'stim bo'lsa. Do'st…uni chindanam do'stdek ko'ramanmi? Balki… 15.02.2005 Bugun Shavkat bir joyga taklif qildi. Yaqin do'stining tug'ilgan kuni ekan. Yo'q deyolmadim. Ko'zguning qarshisida turibman-u, negadir hech borgim yo'q… Begona odamlar bo'lsa… Men nima qilaman u yerda? Mayli… Borsam boraqolay, yana Shavkat xafa bo'lmasin… 17.02.2005 Qaerdanam bordim o'zi? Bekorga oyog'im tortmagan ekan. Eslasam o'z-o'zimdan uyalib ketyapman. Allaqanday ko'chalardan yurib, eskiroq bir domning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Shavkat negadir eshikni o'z kaliti bilan ochdi. Ajablanib -
Maqola nomi : Oqsoq qizning kundaligi
Vaqti : 25.04.2014|21:16
Ko'rilgan : 4797
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 252/228
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика