UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kutubxonadan chiqdim-u, oyim "barvaqtroq qayt" deb tayinlaganiga qaramay, universitet yaqinidagi hiyobonga qarab yo'l oldim. Havoda bahorning ilk kunlarining tafti sezilib turar, zamindagi mehrdan, oqibatdan ko'ngli to'lib, parqu bolishlarga yonboshlab olgan quyosh oltin sochlaridan zaminga ayamay nur sochardi. Bahorning ilk tashrifi aslida bodom gullari yoki boychechaklarda emas, insonlarning kayfiyatida sezila boshlaydi. Ukpar kaftlarida bir olam shodlik, quvonch keltiradi bahor… Hiyobon ichi har doimgidek salqin, odamlar siyrak. Faqat u yer bu yerdagi o'rindiqlardagina hiyobonning doimiy "a'zolari"- sevishganlar bir- birlariga termulgancha o'tirishardi. Ko'pincha darsdan keyin shu yerga kelaman. Kimsasiz, salqingina bu joyda kitob o'qish biram maroqli… Lekin bugun salgina o'zgacharoq bo'ldi. Xullas hiyobonga kirib, har doimgi joyimga borib o'tirdim. Sumkamni kavlab endigina kitobimni olishga tutingan edim ham-ki, shundoqqina oyoqlarim ostida yotgan qandaydir daftarga ko'zim tushdi. Birovniki tushib qoldimikan deb yon-atrofga alangladim. Hech kim yo'q. Qiziq, qanday daftar bo'ldiykin? Engashib asta qo'limga oldim. Qizil muqovali, umumiy daftar. Astagina ichini ochib razm soldim. Bir tekis husnixat bilan yozilganidan daftar qiz bolaniki ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Ko'zlarim bir-biridan ezgin satrlar bo'ylab yugurar ekan, bu daftar bugun kutubxonadan olgan kitobimdan ko'ra qiziqarliroq ekanligini his qildim. Satrlar mana bunday boshlangan edi: "29.01.2005 Bugun erta tongdanoq ko'kdan oppoq qor yoqib berdi. Yer-u ko'k bir zumda oq choyshab yopinib oldi. Tabiat ajoyibda… Zaminning ko'rimsiz, o'nqir- cho'nqir yerlarini ham, xushmanzara joylarini ham birday ko'radi. Birday oqlikka bo'yaydi. Faqt mening qalbim… zulmat libosiga burkanganicha qolib ketaveradi… Kundalikjon, bugun sening bag'ringga ilk bor bosh qo'ydim. Ko'ksim to'la dard, kel, ularni senga to'kay, zora yengil tortsam. Men dunyoga nega keldim o'zi? Boshqalarday baxtli bo'lishga nahot noloyiq bo'lsam? Xozir necha yoshdaman? O'n sakkiz?! Eh… O'n sakkiz yosh… Umr bahori! Ayni o'ynab kuladigan, hayotning quvonchlaridan zavq oladigan yoshdaman. Lekin… Men bahorni his etmayapman! Bolaligim… Bechoragina bolaligim mening. Podsho bo'lolmadim bolalikda ham. Tengdoshlarga havas qilib ko'chaga chihar, birga o'ynagim kelardi-yu, ularga qo'shila olmasdim. Kim ham menday oqsoq qiz bilan dugona bo'lardi? Na yugura olmasam, na sakrog'ich sakray olmasam… Doimo yakkalanib, o'z-o'zimdan hafa bo'lib yurardim. "Nega meni bunday tuqqansiz?" deb har kun onajonimni qon qilganlarimchi? Meni bag'rilariga bosgancha unsizgina yig'lab qo'yaverardi onam sho'rlik. Yoshim ulg'aygan sari bog'chada ham, maktabda ham menga shu tahlit munosabat takrorlanaverdi. Gohida yolg'izlik shunday jonimdan o'tib ketardi-ki! Xusnim-ku yomon emasdi-ya… Yuqori sinflarga o'tganimda qomatim ham, xusnim ham kelishgangina bo'lib bordi. Biroq oqsoqligim sabab hech kim menga e'tibor qilmasdi. Shu holimga ham boshqa qizlar singari pinhoniy orzularim bor edi meniyam! Bir kun kelib bir pahlavondek yigit meni sevib qolishini, oqsoqligimga ham qaramay bag'riga bosgancha meni uzoq- uzoqlarga olib ketishini istardim. Kulasizmi, kuyasizmi? Maktabni bitirgach tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. Maktabda zo'r berib o'qiganim foyda berdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib oldim. Shukr, hozirgi dugonalarim juda yaxshi. O'zimni avvalgiday yakka his etmayapman. Ular bilan suhbatlashib, dardlashib, birozgina bo'lsada o'zimni baxtlidek his etaman. Xa mayli, bugungisi yetar… Dars qilishim kerak. 01.02.2005 Bugun avtobusda bir yigit menga shunday tikilib qaradi… Bora- borgunimcha ko'zini uzmadi-ya… Bunchayam surbet bo'lmasa? Oqsoqligimni bilmaydi-da, bo'lmasa qararmidi… Darslarim juda ko'payib ketdi, kundalikka yozolmayapman. Маэстро - Аюбов 03.02.2005 Ey Xudo! Men uni topdim! Shunchalik baxtlimanki, shu paytgacha hech o'zimni shunday baxtli his etmagandim. Haligi "surbet" o'ziyam ikki kun meni tinmay ta'qib qildi. Bugun esa shartta yonimdagi bo'sh o'rindiqqa o'tirib oldi. O'tirib olgancha yuzimga tikilib qarayverdi. Toqatim-toq bo'lib - Tinchlikmi?-deb so'radim qoshlarimni chimirib. Yigit shoshganidan tutilib qoldi. - Me… Men… Kechirasiz, bir odamga judayam o'xsharkansiz. O'lay agar, ikki tomchi suvdek! Sizni birinchi bor ko'rganimdayoq sezdim buni! Shundan beri har kuni kuzataman… Yigitning birdan ko'zlari namlandi. Boshini egib oldi. Qo'pol gapirganimdan juda hijolat bo'lib ketdim. Qiziq kimga o'xshatdi ekan? Bekatimgacha hali ancha bor edi. Biroz ko'nglini ko'targim keldi - Kim ekan u, mening qiyofadoshim? -so'radim o'zimni quvnoq tutishga urinib. - U… Sevgan qizim edi… - Nima uchun "edi"? - U meni tashlab ketdi. - Boshqaga turmushga chiqdimi? - Koshkiydi… Boshqasiga turmushga chiqsayam roziydim. U… Bu dunyoni tashlab ketdi! Ko'nglim buzilib ketdi. Esiz, yarasini yangilab nima qilardim? - Kechiring… - Hechqisi yo'q, sizni ko'rib xuddi Malikamni
Maqola nomi : Oqsoq qizning kundaligi
Vaqti : 25.04.2014|21:16
Ko'rilgan : 4431
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 228/217
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :11 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика