UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Yangi uylangan kunlari Afandi to'qaydan o'tib ketayotgan edi, ikki qaroqchi yo'lini to'sdi, uning yonidan bir tiyin chiqmagandan keyin, alam qilib, ko'p urishdi, so'ngra, tuya ko'rdingmi, yo'q, deb qo'yib yuborishdi. U ketgandan keyin, o'g'rilar gumonsirashib ketidan borishdi, nima der ekan, deb tuynukdan quloq solishdi. Afandi xotiniga shunday deb maqtanar edi:

— To'qaydan o'tib kelayotgan edim, birdaniga sakkizta qaroqchi chiqib yo'limni to'sdi. Achchig'im kelib, polvonligim tutib ketdi. Bittasining kekirdagiga tepdim, bittasini boshimdan oshirib urdim, bittasini bo'ynidan bog'lab o'ynab yurarsan deb olib kelayotgan edim, ko'p yalindi, rahmim kelib, qo'yib yubor- dim...

O'grilardan biri bu gaplarga chiday olmay, tuynukdan boshini tiqib:

— Yolg’on ham evi bilan-da, Afandi, — dedi.

Afandi do'q urdi:

— Bor-bor, to'qayingga bor, o'z uyimda ham maqtangani qo'y- maysanmi!
Maqola nomi : Afandi – polvon
Vaqti : 23.04.2014|20:31
Ko'rilgan : 1735
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 368/365
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика