UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Afandining ikki qizi bo'lib, birini dehqonga, birini duradgorga bergan edi. Oradan olti oy o'tgandan keyin qish kunlarining birida ikkala qizi Afandini ko'rgani kelib, kechasi sandalda uzoq gaplashib o'tirishdi.

Katga qizi dedi:

— Keksayib, piyoda yurishga qiynalib qoldingiz, dada. Agar bu yil havo yaxshi kelib, yog'ingarchilik mo'l bo'lsa, kuyovingiz bahorda qirga bug'doy ekib, kuzda sizga ot olib bermoqchi.

Kichik qizi dedi:

— Agar bu yil havo quruq kelib, shaharda binokorlik ishlari yurishib ketsa, kuzda kuyovingiz sizga sigir olib bermoqchi. Qarigan chogingizda sut-qatiq kerak.

Afandi peshonasiga urib dedi:

— O’h-ho'! Bittanga namgarchilik, bittangga qurg’oqchilik kerak bo'lsa, ot mingandek, qaymoq yalagandek bo'ldim. Unchaligini bil ganimda, ikkalangni ham tuyakashga bergan bo'lardim. Ayb o'zimda!
Maqola nomi : Ayb o’zimda
Vaqti : 22.04.2014|20:43
Ko'rilgan : 1441
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 247/268
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :56 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика