UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Bir oy ichida Afandining ham xotini, ham eshagi o'lib qoldi. Xotini o'lganda, afandi, bir-ikki kun yig'ladi-yu, yupandi. Eshagi o'lganda esa u yig'idan hech tiyilmadi.

Buni payqagan qo'shnisi so'radi:

— Afandi, xotiningiz o'lganda, ko'p yig'lamagan edingiz, eshagingizga nega bunchalik kuyasiz?

Afandi javob berdi:

— Xotinim o'lganda mahalla yig'ilib: «Qo'ying, xafa bo'lmang, uylantirib qo'yamiz» degan edi, eshagim o'lganda, eshak olib beramiz, degan gap hech kimning og'zidan chiqmadi. Men yig'lamay kim yig'lasin!
Maqola nomi : Men yig'lamay kim yig'lasin
Vaqti : 22.04.2014|20:42
Ko'rilgan : 1745
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 365/355
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :47 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика