UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Afandi birinchi xotini o'lgandan keyin, bir tul xotinga uylandi. Er-xotin oqshom so'rida o'tirishar edi. Xotin Afandiga marhum erini maqtadi. Afandi ham bunga javoban o'zining marhuma xotinini maqtadi-da, xotinini so'ridan itarib yubordi.

Ertasiga xotini otasiga voqeani aytib, Afandidan shikoyat qildi.

Qaynatasi kelib Afandidan so'radi:

— Nega qizimni so'ridan itarib yubordingiz?

— So'rida er-xotin ikkalamiz o'tirgan edik, — dedi Afandi, — mening marhuma xotinim, qizingizning marhum erlari qo'shilib, to'rt kishi bo'ldik. So'ri torlik qilib, qizingiz yiqilib tushdi.
Maqola nomi : So'ri torlik qildi
Vaqti : 22.04.2014|20:40
Ko'rilgan : 1744
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 449/415
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :40 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика