UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Afandi bir kuni eshagini sotgani bozorga olib borib dallolga berdi.

Dallol xaridorga eshakni maqtay boshladi:

— O'zi zotli yo'rg'a, ustiga o'tirib, og'iz kuydirmay sho'rva ichsa bo'ladi, qo'ydan ham yuvvosh, otdan kuchli.

Afandi dallolga ellik tangani sanab berib, uyga keldi, voqeani xotiniga aytib berdi.

Xotini ham Afandiga yangi gap topib qo'ygan edi.

— Men ham bugun bir qiziq ish qildim, — dedi xotini.— Eshigimizning oldidan bir qaymoqfurush o'tib ketayotgan edi, chaqirdim. Qaymog'ingiz necha pul, desam, yarim tanga, dedi. Qo'liga tilla baldog'imni berib, qo'lidan qaymog'ini oldimu uyga qochib kirib ketdim. Qaymoqfurush eshik tagida turib-turib ketib qoldi. Juda boplabmanmi?

— O'xshatmaguncha uchratmas deganlar, — dedi Afandi,— Ko'chada men, uyda sen shundaqa savdo-sotiq qilib tursak, hademay jonimiz kirib qoladi.
Maqola nomi : O'xshatmaguncha uchratmas
Vaqti : 22.04.2014|20:40
Ko'rilgan : 1849
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 409/401
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :46 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика