UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Afandining bir shoxdor ho'kizi bo'lar edi va uning shoxiga minishni ko'pdan beri orzu qilardi. Bir kuni u ko'chadan kelib qarasa, ho'kiz oftobda uxlab yotibdi. Afandi uning shoxiga mingan hamon, xo'kiz birdan boshini siltab, Afandini uloqtirib yubordi. Afandi yiqilib, hushidan ketdi. Xotini yuziga suv sepib, Afandini hushiga keltirdi.

— Jinni bo'ldingizmi, ho'kizning shoxiga ham minadimi kishi? — dedi u.

— Ey nodon,— dedi Afandi,— Dunyoda har bir kishining bir orzusi bo'ladi, shu orzusiga yetsa, o'lsa armoni yo'q. Mening ham armonim ho'kizning shoxiga minish edi, endi armonim yo'q.
Maqola nomi : Endi armonim yo'q
Vaqti : 22.04.2014|20:38
Ko'rilgan : 1660
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 422/396
Reyting
Bosh sahifa » Latifalar
Maqola o'qiypti :33 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика