UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
VOLTER
(Fransua-Mari Arue)
(1694-1778)

Frantsiyalik faylasuf Fransua-Mari Arue (Volter – uning taxallusi) notarius Fransua Arue oilasida dunyoga keldi.
U 5 yoshidan boshlab she’rlar mashq qildi. Kollejda o‘qib yurgan chog‘larida yaxshi o‘zlashtirgani uchun mukofotlar bilan taqdirlandi. Yosh Volter qaysi davraga kirmasin, hammaning diqqatini o‘ziga tortar, zukkoligi, topqirligi, sho‘xligi bilan boshqalardan ajralib turardi.
Jo‘shqin tabiatli Volter o‘zining hukmron doiralarga ham tegib ketadigan zaharxandalik yo‘g‘rilgan tiyiqsiz ijodi tufayli ko‘pincha kiborlarning janjaliga aralashib qolardi. 1717 yilda shunday janjallar tufayli Volter Bastiliya qal’asida 11 oy tutqunlikda saqlandi. U qamoqxonada ham ijod qilishdan to‘xtamay, o‘zining mashhur «Edip» tragediyasi va «Genriada» dostonini yozib tugatdi.
Volter badiiy ijodning hamma sohalarida ajoyib asarlar yozgan. Uning falsafiy izlanishlari rang-barang va keng qamrovli, o‘ziga xos, yangi, kutilmagan nazariy yondashuvlarga boy edi. Ko‘plab davlatlarning tojdorlari Volterga xushomad qilganlar. Frantsiya qiroli Lyudovik XV u bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Rim papasi Bendikt XIV buyuk faylasufga maqtovli maktublar bitgan. Rossiya malikasi Yekaterina II Volter bilan uzoq muddat xat yozishib turgan. Ayniqsa, Prussiya qiroli Fridrix II Volterni juda e’zozlagan.
1758 yilda Volter Shveytsariya chegarasi yaqinida joylashgan Ferne qal’asini sotib oladi. U hayotining so‘nggi 20 yilini shu yerda o‘tkazadi.
Volterning quyidagi asarlari ma’lum: «Falsafiy maktublar», «Orleanlik bokira qiz», «Nyuton falsafasi asoslari», «Memnon yoki insoniy Donolik», «Suqrot», «Kandid yoki nekbinlik», «Skiflar» (tragediya), «Tabiat mo‘‘jizalari haqida», «Ruh haqida», «Tarix falsafasi» (birinchi bo‘lib «tarix falsafasi» degan atamani Volter qo‘llagan) va hokazo.
1778 yilda Volter do‘stining qistovi bilan Parijga keladi. Parij aholisi Volterni juda katta tantana bilan kutib oladi. Shu kuni Volterning dafna (lavr) yaprog‘idan yasalgan chambar kiydirilgan byusti o‘rnatilgan Parij teatri sahnasida uning so‘nggi «Irina» (1778 y.) deb nomlangan fojiaviy asari namoyish etiladi. Biroq bu tantanalar, sershovqin Parij Volterni holdan toydirib qo‘yadi.
U 1778 yilning 30 mayi oqshomida hayotdan ko‘z yumadi.


* * *
A’lo narsa – yaxshi narsaning dushmani.

* * *
Tangrim, meni do‘stlardan panohingda saqla – dushmanlarni o‘zim eplayman.

* * *
«Volter: «Odamlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, shunchalik erkindirlar», — deb ta’lim bergandi. Uning izdoshlari esa xalqqa: «Siz qanchalik erkin bo‘lsangiz, shunchalik ma’rifatlidirsiz», — deb uqtirdilar. Halokatning siri ana shunda», — deb yozgandi frantsuz ma’rifatparvari Antuan Rivarol (1753-1801 y.).

* * *
Men faqat shubhalanishnigina bilaman.

* * *
Men haqiqat deb ataluvchi falsafa toshini izlab 40 yil dunyoning turli burchaklarida bo‘ldim, antik dunyo namoyandalari Epikur va Avgustin, Aflotun va Malbranshe bilan kengashdim. Ammo izlaganimni topolmay, qashshoqligimcha qoldim.

* * *
Har qanday ijod namunasi ijodkor to‘g‘risida guvohlik beradi. Hech narsa meni bu oddiy aksiomadan qaytarolmaydi.

* * *
Tasodif yo‘q narsa. Biz sababini izohlashga chog‘imiz kelmagan harakatlarni tasodif deb ataymiz. Sababsiz harakat va mohiyatsiz mavjudlik bo‘lmaydi.
Bu fikr barcha faylasuflarning bosh qoidasidir.

* * *
Ulkan binoning mitti kavaklarida yashaydigan sichqonlar bino yana qancha turishi va uni kim qurganidan bexabar umr kechiradilar. Ular faqat uzoq yashash va inlarini buzg‘unchi jonivorlardan omon saqlashga harakat qiladilar. Biz ham sichqonlar kabimiz va Koinotni bunyod etgan Oliy me’mor hech birimizga o‘z sirini oshkor etmaydi.

* * *
Ijtimoiy adolat – ham tabiiy, ham xayoliy g‘oya. Bizning sho‘rpeshona sayyoramizda jamoa-jamoa bo‘lib yashovchi odamlar uchun buyruq beruvchi badavlatlar va ularga xizmat qiluvchi kambag‘allardan iborat ikkita sinfga bo‘linishdan o‘zga chora yo‘q.

* * *
Huzur-halovat bag‘ishlovchi ishni bajarish – ozodlik belgisi.

* * *
Halol odamni ta’qib qilish mumkin, ammo uni sharmanda qilib bo‘lmaydi.

* * *
O’lim eng katta jismoniy yovuzlik bo‘lsa, urush eng katta axloqiy yovuzlikdir.

* * *
Yovuzlik imkoni kunda yuz bor, yaxshilik imkoni yilda bir bor namoyon bo‘ladi.

* * *
Biz bu yorug‘ jahonda ikki lahza yashaymiz va uning birini mulohazalarga bag‘ishlaymiz.

* * *
Asllik va go‘zallik mezonlari hamma zamonlarda va hamma xalqlarda bir xil bo‘lib kelgan.

* * *
Bugungi kundagi har qanday voqelik o‘tgan kunning hosilasi va kelajakning otasidir… Sababning bechigal, mustahkam zanjiri mangudir. Taqdiri azal tabiatning yaxlit qonunidir.

* * *
Bid’at – insoniyatning eng mudhish g‘animi.

* * *
Mutaassiblikdan nafratlanuvchi yangi avlod yetilmoqda. Hademay shunday kun
Maqola nomi : Volter
Vaqti : 21.04.2014|21:17
Ko'rilgan : 3580
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 403/308
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика