UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
EZOP
(Taxminan miloddan avvalgi 640-560 yillar)

Frigiyalik donishmand Ezopning peshonasiga taqdir qullik qismatini bitgan edi. Ezop ijodining eng gullagan damlari miloddan avvalgi 600 yillarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ezop 400 ga yaqin masal bitgan.
Ezopning nomi birinchi marta Herodot (V asr) asarlarida yo‘l-yo‘lakay tilga olinadi. Herodot Ezopni yetarlicha mashhur bo‘lgan tarixiy shaxs sifatida tasvirlaydi va quyidagi 4 sifatni keltiradi:
1. Ezop masalchi edi.
2. U Samos orolida yashagan va Iadmon ismli kishining quli bo‘lgan.
3. Ezop taxminan miloddan avvalgi 560 yillargacha yashagan.
4. Uni qandaydir sababga ko‘ra Delfada o‘ldirishgan.

«EZOPNING TIRIKLARGA VASIYATI»

Eng avvalo Tangrini munosib tarzda ulug‘la. Keyin esa podshohni izzat qil. Chunki podshoh va Tangri hukmi tengdir. Ustozingni ota-onang qatorida hurmatla. Ota-onani senga tabiat ato etgan bo‘lsa, ustozing seni o‘z ixtiyori ila sevadi. Shuning uchun undan ikki karra minnatdor bo‘lmog‘ing joiz.

* * *
Ertangi ishlar uchun salomatliging yaroqli va kuch-quvvating yetarli bo‘lishini istasang, kundalik taoming sifatli va yetarli bo‘lsin.

* * *
Bevaqt o‘lim topmasliging uchun shoh saroyida eshitganlaringning hammasi ichingda o‘lsin.
* * *
Yoshing o‘tib qolganda ilm olishdan uyalma. Zero, hechdan ko‘ra kech ilm olmoqlik afzaldir.

* * *
Puling ko‘p bo‘lsa quvonma, kam bo‘lsa kuyinma.

EZOP MASALLARI

Emishki, olov sanami Prometey loydan odam yasayot-ganda suv o‘rniga ko‘zyoshlardan foydalangan. Shu bois insonga kuch bilan ta’sir o‘tkazishga urinish befoyda ekan. Insonni bo‘ysundirish uchun imkon boricha uni yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib, ko‘nglini yumshatmoq va ishontirmoq darkor. Ana shunda har qanday kishida rahm-shafqat va mehribonlik tuyg‘ulari uyg‘onishi shubhasizdir.

* * *
Bir hukmdor Ezopdan so‘radi:
«Ne sababdan donishmandlar boylarning huzuriga ke-ladilar-u, boylar donishmandlarning huzuriga borish-maydi?»
Ezop shunday javob berdi: «Buning boisi shundaki, donishmandlar o‘zlariga nima kerakligini yaxshi biladilar. Davlatmandlar esa bilishmaydi. Agar bilishganda mol-dunyo g‘amida yashamasdan, donishmandlik payida bo‘lardilar».

ZEVS VA ILON

Zevs to‘y qilayotgan edi. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishdi. Ilon ham gul tishlagan ko‘yi sudralib keldi. Zevs ilonni ko‘rib shunday dedi: «Men boshqalarning sovg‘asini qabul qilaman. Ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman».
Masaldan xulosa shuki, yomon odamlarning yaxshili-gida ham xatar bor.

QARIYA VA AJAL

Bir qariya o‘rmonda o‘tin kesib, uni uyi tomon sudray boshladi. Yo‘l juda olis edi. Qariya holdan toyib, o‘tinni tashladi-da, Yaratgandan o‘ziga o‘lim tilab yolvordi. Shunda Ajal hozir bo‘ldi va qariyadan nima uchun yo‘qlaganini so‘radi. Qariya Ajalga shunday javob berdi: «O’tinimni ko‘tarishib yuborishing uchun seni chorlagandim».
Qissadan hissa shuki, inson qanchalar baxtsiz bo‘lmasin, hayot baribir shirin.

* * *
Shohlarga yo umuman yaqinlashmaslik kerak, yo faqat ularga yoqadigan so‘zlarni aytmoq lozim.
Maqola nomi : Ezop
Vaqti : 21.04.2014|21:07
Ko'rilgan : 1662
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 307/318
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :49 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика