UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
PRIENALIK BIANT
(Miloddan avvalgi VI asr)

Qadimgi yunon faylasufi Biant Yunonistondagi yetti yetakchi faylasufning biri edi.
Biantning ona shahri capkarda Kir lashkarlari tomonidan zabt etiladi. Shahar aholisi eng qimmatbaho buyumlarini olib qocha boshlaydi. Faqat Biantgina hech narsa olmay, bo‘sh qo‘l bilan shahardan chiqib ketadi. Buni ko‘rgan hamshaharlari undan: «Sen nega hech narsa olmading?» — deb so‘rashadi. Shunda Biant: «Hamma narsamni o‘zim bilan olib yuraman», — deb javob beradi.

* * *
Do‘stlaring orasidagi bahsga yechim topishdan ko‘ra, dushmanlaring o‘rtasidagi nizoni hal qilish afzaldir. Chunki do‘stlaring o‘rtasiga tushsang, biri sening dushmaningga aylanadi, dushmanlaring bahsini hal qilsang, ulardan biri senga do‘st bo‘lib qoladi.

* * *
Umring mezonini shunday olki, go‘yoki yashashingga ham oz, ham ko‘p fursat qolgan bo‘lsin.

* * *
Biror ishga qo‘l urishga oshiqma. Qo‘l urdingmi, qat’iy bo‘l.

* * *
Hovliqmasdan so‘zla: shoshilish aqlsizlik belgisi-dir.

* * *
Yomonlar hamma yerda ko‘pchilikni tashkil qiladi.

* * *
Nima mushkul? — Ishning chappa ketishini xotirjam kuzatish.
Inson uchun totli narsa nima? — Umid.
Inson qaysi ishdan zavq oladi? — Foyda olishdan.
Eng yaxshi maslahatchi kim? — Vaqt.

* * *
Baxtsizlikka dosh berolmaydigan odam baxtsizdir.

* * *
Kemada suzib borayotganlar na tiriklar va na o‘liklar qatoriga kiradilar.

* * *
Kuch bilan emas, ishonch bilan zabt et.

* * *
Yoshligingda keksalik uchun donolikni to‘pla. Chunki undan ishonchliroq bisot yo‘q.
Maqola nomi : Biant
Vaqti : 21.04.2014|21:06
Ko'rilgan : 1660
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 429/331
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :42 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика