UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
KONFUSIY
(Miloddan avvalgi 551-479 yillar)

Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan.
Uning asl ismi Kun Syu bo‘lib, muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan. Bu ism bora-bora Kun Fu-tszi, degan faxrli laqabga aylangan. Bu ism «hurmatli ustoz Kun», degan ma’noni anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit-missionerlar xitoylik donishmand ta’limoti bilan tanishib, uni Yevropa madaniyatining ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy deb atay boshlashgan.
Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og‘zaki ta’lim bergan. Shuning uchun undan bir satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma’lum asarlarining hammasi shogirdlari tomonidan yozilgan.
Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan. Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo‘lgan. Ulardan 72 nafari esa hech qachon ustozlarini tark etishmagan. Konfutsiy 66 yoshiga qadar mamlakatni kezib, o‘z ta’limotidan caboq bergan. U mazkur amalni 30 yoshida boshlagandi.


* * *
Yagona va eng mudhish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir.

* * *
Kunlardan bir kun xitoy donishmandi Konfutsiyning sevimli shogirdi Szi-Gunga bir tanishi: «Sen Konfutsiydan ko‘ra bilimliroq va aqlliroqsan», — deganda Szi-Gun unga shunday javob berdi: «Donolik misli bir devor bo‘lsa, mening devorim odam bo‘yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir odam osongina bu devor ortiga mo‘ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir necha sarjin (bir sarjin — 2,13 metr) balandlikdagi devordir.
Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go‘zal ehrom va muhtasham qasrlarni hech qachon ko‘rolmaydi».

* * *
Konfutsiyning o‘zi bilan deyarli tengdosh Szi-Lu ismli barvasta, jizzaki va o‘taketgan shuhratparast shogirdi bo‘lgan. Bu yigit Syuyfuga chekka qishloqdan omad izlab kelib, o‘zining qo‘pol qiliqlari bilan poytaxt ahlining e’tiborini tortgan edi.
Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: «Muhtaram zot, siz shunchalar dono ekansiz, hiyla-nayrang ishlatmay savolimga javob bersangiz: qanday qilib kishilarni qo‘rquvga solmay bo‘ysundirish mumkin?» Konfutsiy shunday javob berdi: «Buning uchun sen mehnating bilan ularga o‘rnak bo‘lmog‘ing lozim». Szi-Lu bu so‘zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib kelib, o‘ziga taqalgandi-da. Lekin bo‘sh kelmay yana savol berdi: «Deylik, men bunga erishdim. Keyin-chi?» — «Bo‘shashmasdan, mehnat qilishda davom et», — dedi Konfutsiy. Szi-Lu javobni eshitib, parishon holda jim qoldi. Shunda Konfutsiy yana so‘zida davom etdi:
— Endi savol berish uchun menga ijozat et. Ayt-chi, musiqani sevasanmi?
— Men uzun shamshirimni sevaman, — dag‘allik bilan javob berdi Szi-Lu.
— Men sendan boshqa narsani so‘radim. O’zingdagi iste’dodni ilm bilan boyitish payti yetmadimikan?
— Bilim olishdan qanday foyda bor? — dedi qaysarlik bilan shogird.
— O’z fuqarolarini o‘qitmagan podshoh haqiqiy hukmdor bo‘lolmaydi. Do‘stiga nasihat qilib, to‘g‘ri yo‘lga solishga urinmagan mard er olijanoblik xislatidan mahrumdir. Tinmay ilm olgan vijdonli inson, albatta, buyuk donishmandlik darajasiga yetmog‘i tayin. Va ilmni sevgan inson hech qachon voqelikka zid ish qilmaydi.
— Janubdagi tog‘larda o‘sadigan egilmas, tikka bambukdan yasalgan kamon o‘qi hatto karkidon terisidan yasalgan sovutni ham teshib o‘tar ekan. Vaholanki, bu o‘simlik ilmdan bexabardir, — dedi Szi-Lu o‘zining topqirligidan yayrab.
— Bu kamon o‘qining bir uchiga qush patini ulab, ikkinchi uchiga temir nayza o‘rnatsang, u nishonni yana ham chuqurroq yorib kiradi, shunday emasmi? — dedi Konfutsiy.
Bu so‘zlardan lol qolgan Szi-Lu shundagina o‘ziga beqiyos ustoz topganini anglab yetib, o‘z ustunligini isbotlashga qanchalar g‘ayrat bilan kirishgan bo‘lsa, shunchalar shijoat bilan Konfutsiyga xizmat qilishga bel bog‘lagan ekan.

* * *
Konfutsiydan so‘radilar:
— Jen nimani anglatadi?
Donishmand javob berdi:
— O’zingga ravo ko‘rmagan narsalarga o‘zgani ham noloyiq, deb bil. Ana shunda saltanat va oiladagi nafrat hamda adovat barham topadi. Qadimiy hind rivoyatlaridan birida hikoya qilinishicha, o‘ta sabrsiz va qiziquvchan yosh yigit olimlardan muqaddas kitoblarni qisqartirib, bir nafasda o‘qib chiqsa bo‘ladigan satrlarga jamlab berishlarini so‘raydi. Yigit nihoyat qonun ilmining bilimdoni Xilelga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Olim yigitning iltimosini eshitib, miyig‘ida kuladi-da:
— Nimani o‘zingga nomunosib deb bilsang, o‘shani o‘zgaga ham ravo ko‘rma, — deb javob beradi.

* * *
Olijanob er to‘qqiz narsa haqida o‘ylashni kanda
Maqola nomi : Konfutsiy
Vaqti : 21.04.2014|21:03
Ko'rilgan : 3418
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 349/266
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :45 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика