UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
SUQROT
(Miloddan avvalgi
469-399 yillar)

Mashhur yunon faylasufi Suqrot Attika shahrida haykaltarosh Sofroniks va doya Fenaretta oilasida dunyoga keldi. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. Past bo‘yli, qorni osilgan, kalta bo‘yinli, keng va do‘ng peshonali, yapaloq, tanqaygan burunining teshiklari katta, lablari do‘rdoq Suqrotning ukki ko‘zlari kishiga zimdan boqishga moyil edi. U doim eski liboslarda, yalangoyoq yurgan.
Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan bo‘lsa-da, oilaviy baxtga erisholmagan.
Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda doim uning qo‘li baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan kulib, haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Hatto bir kuni tepki yeganda ham chidab turavergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: «Eshak tepsa, uni sudga berolmayman-ku!»
Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali deb bilgan.
U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: «Ey ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?» — deb so‘raganda, Suqrot: «Ey Timey, o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan», — deb javob bergan.
399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqarolik me’yorlarini buzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Suqrotning og‘zidan chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: «Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon emas».
Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi ovoz bergan.
O’sha davrdagi qoidaga ko‘ra, o‘limga mahkum etilganlarga belgilangan vaqtda zaharli tsikuta (zaharli suv o‘simligi, bodiyoni rumi, zangpoya deb ham ataladi) o‘simligini ezib ichirishgan. ... Suqrot ruhining eson-omon boqiy dunyoga rixlat etishini Tangridan fikran so‘rab, xotirjamlik va osonlik bilan zahar to‘ldirilgan idishni bo‘shatadi. Tegrasidagi do‘stlari yig‘lab yuborishadi. Faylasuf ularni tinchlantirib, sukunatda hayot bilan vidolashishi kerakligini uqtiradi. U bir oz yurib, oyoqlari og‘irlashgach, turma burchagidagi yog‘och chorpoyaga cho‘ziladi. Keyin: «Kriton, biz Asklepiydan xo‘roz qarzmiz. Xo‘rozni qaytaring, yodingizdan chiqmasin», — deydi shogirdiga. Bu Suqrotning so‘nggi so‘zlari edi. Qadimgi yunonlar odatiga ko‘ra, bemorlarning tuzalishi uchun Apollonning o‘g‘li, tabiblar Tangrisi Asklepiyga xo‘roz so‘yib, qurbonlik qilingan. Suqrot o‘z ruhini poklash va xasta jismdan xalos bo‘lishni nazarda tutib, shogirdiga yuqoridagi vasiyatni aytgan.
Suqrotni butun umri davomida Ovidiyning «Evrilish» asarida tilga olingan inson xulq-atvoridagi bir noqislik bezovta qilgan. Ovidiy shunday yozgandi: «Ezgulikka duch kelsam, maqtayman-u, ammo yomonlikning ta’siriga berilaman».

* * *
Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi — baribir pushaymon yeysan».

* * *
«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot. — Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?»
Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq, fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».

* * *
Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
— Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda.
... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.

* * *
Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi. Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i
Maqola nomi : Suqrot
Vaqti : 21.04.2014|20:57
Ko'rilgan : 3895
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 323/348
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :40 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика