UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
aytganlari bajo bo‘lgach, Demokrit faqat birgina narsa yetishmayotganini, ya’ni malikaning qabriga hayoti davomida sira g‘am chekmagan uchta odamning ismini yozish kerakligini, shunda malika o‘sha zahoti tirilishini aytadi. Tabiiyki, qudratli hukmdor bitta ham g‘amsiz odamni topolmaydi. Shunda Demokrit odatdagidek kulib, Doroga qarata shunday deydi: «Ana shunaqa noshukur zot, g‘am-tashvish faqatgina sening boshingga tushgandek ertayu kech yig‘laganing-yig‘lagan. Axir, aqalli bitta ham g‘amsiz odamni topolmading-ku!»

* * *
Olamlar son-sanoqsizdir, — deb yozadi Demokrit. — Ular turlicha kattalikda bo‘lib, sarhadsiz bo‘shliqdan vujudga keladi, yashaydi va halok bo‘ladi. Ularning ba’zisida Quyosh ham, Oy ham yo‘q. Ba’zilarida esa Quyosh va Oy biznikidan kattaroq, ayrimlarida ularning soni bir nechtadir. Olamlar orasidagi masofa turlicha bo‘lib, ba’zi joylarda ular g‘uj-g‘uj, boshqa yerlarda siyrak joylashgan. Ba’zi olamlar o‘sish jarayonini, ayrimlari taraqqiyotining eng gullagan davrini kechirayotgan bo‘lsalar, boshqalari halokatga yuz tutganlar. Bir joyda olamlar tug‘ilsa, ikkinchi joyda g‘oyib bo‘ladi. Ular bir-birlari bilan to‘qnashib, halokatga uchraydilar. Ba’zi olamlarda jonzotlar ham, o‘simliklar ham, suv ham bo‘lmaydi.

* * *
Sarhadsiz fazoda men kabi sanoqsiz demokritlar mavjuddir.

* * *
O’ta qo‘pol so‘zlayotgan bir odamni ko‘rib, Demokrit shunday degan ekan: «Bu odam so‘zlay olmaslikni uddalarkan-u, ammo sukut saqlashni eplay olmas ekan».

* * *
Bilimlar mo‘lligiga emas, fikrlar mo‘lligiga intilmoq joiz, — deydi Demokrit.

* * *
Ochiq-oydin so‘zlamoqlik — ozod ruhning sifatidir. Biroq uni bevaqt ijro etish xatarli.

* * *
O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.

* * *
Vijdonli va insofsiz odamlarni nafaqat bajarayotgan amallaridan, balki xohish-istaklaridan ham bilib olish mumkin.
Maqola nomi : Demokrit
Vaqti : 21.04.2014|20:55
Ko'rilgan : 2541
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 273/245
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика