UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
CHJUAN-SZI
(Miloddan avvalgi 369
(taxminan) -286 yillar)

Xitoy faylasufi Chjuan-tszi Sun o‘lkasining Men viloyatida tavallud topdi. Avvaliga mayda amaldor bo‘lib ishladi. Keyinchalik xizmatni tark etib, yolg‘izlikda yashay boshladi.
Chjuan-tszi bir kuni tushida gullar orasida shodon qanot qoqayotgan kichkina kapalakni ko‘radi. Faylasuf uyg‘ongandan keyin boshi qotdi, u aslida kim — tushida o‘zini kapalak qiyofasida ko‘rgan Chjuan-tszimi yoki o‘zini Chjuan-tszi qiyofasida ko‘rgan kapalakmi?
Chjuan-tszi ta’limoti ko‘pchilikka (zamondoshlariga ham, ulardan keyin yashaganlarga ham) omadsizlarning falsafasi bo‘lib tuyulgan.
Uning asosiy asari «Chjuan-tszi» deb ataladi (bizgacha bu kitobning 33 bo‘limi yetib kelgan).

* * *
Rivoyat qilishlaricha, Chjuan-tszi Pu daryosida baliq ovlayotganda Chu saltanatining ikki amaldori kelib, hukmdorning nomasini topshiradilar. Nomada: «Zimmangizga davlat ishlarini yuklamoqchiman» degan so‘zlar bor edi. Faylasuf qarmoqni suvdan olmay va hatto boshini ham o‘girmasdan amaldorlarga shunday dedi:
— Eshitishimcha, Chu saltanatida bundan uch ming yil muqaddam o‘lgan muqaddas toshbaqaning jasadi saqlanar ekan: Chu hukmdorlari uni o‘rab, sandiqchada asrashar va e’zozlasharkan. Aytaylik, toshbaqa uchun ikki yo‘l bor. Yo suyaklarini e’zozlashlari uchun jasadligicha qolishi kerak, yo bo‘lmasa, tirilib, dumini balchiqda sudrab yashashi kerak. Sizningcha, u qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardi?
— Albatta, tirik qolib, dumini balchiqda sudrab yashashni afzal ko‘rardi, — deb javob berdilar har ikki amaldor.
Shunda Chjuan-tszi dedi:
— Ketaveringlar! Men ham dumimni balchiqda sudrab yashashni istayman.

* * *
Chjuan-tszi bir kuni Chu o‘lkasi tomon yo‘l olibdi. U yerga yaqinlashganda bo‘zarib ketgan, ammo hali butun bosh chanog‘iga duch keladi. Faylasuf qo‘lidagi tayoq bilan kalla suyagini turtib:
— Sen qanday qilib bu ahvolga tushib qolding? Yashashga bo‘lgan telbalarcha ishtiyoqing seni shu ko‘yga soldimi yoki kunda ustidagi oyboltami? Balki ota-onang, xotin, bola-chaqangni sharmanda etgan nojo‘ya ishlaring yoxud qahraton sovuq va ochlik azobi seni shu ahvolga solgandir? Yo bo‘lmasa, ko‘p yillik hayot yo‘ling shu darajaga olib kelgandir? — dedi. Keyin boshini kalla suyagiga qo‘yib, uyquga ketdi.
Yarim tunda boshchanoq faylasufning tushiga kirib, dedi:
— Sen xuddi safsatabozlarga o‘xshab vaysaqilik qilding. So‘zlaring azobda qolgan barhayot insonning tashvishlari bilan to‘lib-toshgan... Sen marhumning so‘zlarini tinglashni istaysanmi?
— Istayman, — dedi Chjuan-tszi.
— Marhumning tepada hukmdori, quyida esa xizmatkori bo‘lmaydi, — deya so‘z boshladi boshchanoq. — Uning uchun yillarning almashinuvi ham yo‘q. Marhum xotirjamlik bilan osmon va yerning yillik davriyligiga amal qiladi. Bunday erkinlik va baxt hatto podshohlarga ham nasib etmaydi.
Chjuan-tszi uning so‘zlariga ishonqiramay shunday dedi:
— Xohlaysanmi, men Yaratgandan senga jon, et va ruh ato etib, ota-onang, xotining, bola-chaqang, do‘st-yorlaringni qaytarishini iltimos qilaman.
Boshchanoq faylasufga bir dam tikilib qoldi-da, so‘ng xo‘mrayib javob berdi:
— Men shohona baxtni insoniy azob-uqubatlarga almashtirishni istamayman.

* * *
Dunyoda ikki buyuk tushuncha bor. Bularning birlamchisi — taqdir, ikkinchisi — adolat.

* * *
Bir odam Chjuan-tsziga murojaat qilib:
— Ichi kovak qamishdan yasalgan nay kabi Yerning nayi ham undagi yoriqlardan bunyodga keladi. Ayting-chi, Koinot nayi nima? — deb so‘radi.
— Koinotda son-sanoqsiz pardalardan ohanglar taraladi. Bu ohanglarning har biri o‘zicha mustaqil yangraydi. Umuman barcha buyumlar o‘zicha ohang chiqaradi. Ularga kimdir ta’sir o‘tkazarmikan?

* * *
Haqiqat va yolg‘on borasida bahs yuritish bema’nilik bo‘lib, mashhur masaldagi maymunlar tortishuviga o‘xshaydi. Naql etishlaricha, maymun boquvchi bir odam bo‘lgan ekan. Bir kuni u maymunlarga shunday deydi: «Ertalab sizlarga uchtadan, kechqurun esa to‘rttadan yong‘oq beraman». Bu gapni eshitib, maymunlar norozi bo‘lishibdi. Shunda maymunboqar: «Mayli, unday bo‘lsa, ertalab to‘rttadan, kechqurun uchtadan yong‘oq beraman», — debdi. Maymunlar quvonib, rozilik bildirishibdi.
Bu hikoyadan ko‘rinib turibdiki, bahsda nom ham, mohiyat ham o‘zgarmay qoldi, ammo u quvonch va norozilikka sabab bo‘ldi.

* * *
Tuzoq quyonlarni ovlash uchun zarur. Quyonlar ovlangandan keyin tuzoqni umuman unutib yuboradilar. So‘zlar fikrni tutish uchun kerak. Fikr tutilgandan so‘ng, so‘zni unutadilar. Qaniydi, so‘zni unutgan odamni topib, u bilan suhbatlashsam.

* * *
Agar siz va men — ikkimiz qay birimiz haq ekanligimizni bilmasak, buni kim aniqlay olishi mumkin? Deylik, sizning fikringizni qo‘llab-quvvatlovchi odamlarni to‘pladik. Ammo faqat sizgagina hamfikr bo‘lgan bu odamlar masalani odil hal eta oladilarmi? Yo bo‘lmasa, mening
Maqola nomi : Chjuan-tszi
Vaqti : 21.04.2014|20:52
Ko'rilgan : 2786
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 242/218
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :21 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика