UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
PIRRON
(Miloddan avvalgi 365 (taxminan) -275 yillar)

Qadimgi yunon faylasufi Pirron Pelopnnesedagi Elida shahrida tug‘ilib o‘sgan. Pirron dastlab musavvirlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik abderalik faylasuf Anaksarxning mulohazalarini tinglagan Pirronda falsafaga qiziqish uyg‘onadi.
U Iskandar Maqduniyning Osiyo yurishlarida ishtirok etib, gimnosofistlar bilan uchrashdi. Pirron hatto Iskandarning jang chog‘ida asir olingan gimnosofistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ham ishtirok etgan. Gimnosofistlarni yunonlar «yalang‘och donishmandlar» deb atashgan. Bu hind zohidlari juda oriq va yashovchan bo‘lib, qop-qora badanlarida belbog‘dan o‘zga hech qanday kiyimlari bo‘lmagan. Iskandar shoh ularni o‘ldirishga qaror qiladi. Biroq avval ularning donoligini sinab ko‘rish uchun har biriga savollar bilan murojaat etadi. Iskandarning: «Tiriklar ko‘pmi, o‘liklarmi?» degan savoliga birinchi zohid shunday javob qaytaradi:
«Tiriklar ham, o‘liklar ham mavjud emas». «Jonivorlarni ko‘proq yer boqadimi yoki dengizmi?» — degan savolga ikkinchi gimnosofist: «Jonivorlarni asosan yer boqadi. Dengiz esa yerning bir qismi, xolos», — deb javob berdi.
Birin-ketin berilayotgan tagdor ma’noli savollar har qancha murakkab bo‘lishiga qaramay, gimnosofistlar bo‘sh kelmaydilar.
Iskandar shoh dedi:
— Jonivorlarning eng ayyori qaysi?
— Insonga notanish bo‘lgan jonivor eng ayyoridir.
Savol:
— Kun avval paydo bo‘lganmi yo tun?
Javob:
— Kun bir kun avval paydo bo‘lgan.
Savol:
— Eng suyukli inson bo‘lish uchun nima qilmoq kerak?
Javob:
— Buning uchun eng qudratli hamda jasoratli inson bo‘lmoq lozim.
Savol:
— Hayot kuchlimi yo o‘lim?
Javob:
— Hayot kuchli.
Ushbu tarixiy voqeadagi so‘nggi savolning javobi Maqduniya hukmdorini qattiq hayajonga soldi. Uning: «Inson Tangri bo‘la oladimi?» degan savoliga: «Insonlar bajarishga qodir bo‘lmagan ishni bajargan kimsa Tangri bo‘ladi» deb javob qaytaradi gimnosofist. Iskandar o‘zi haqida shunday yuksak fikrda edi. Shu bois asirlarning bu javobi unga juda ma’qul bo‘ladi va tantilik qilib, gimnosofistlarni ozod etadi. Ulug‘ sarkardaning bu g‘ayrioddiy harakati dunyoga yana bir ajoyib insonni — faylasuf Pirronni tuhfa qiladi.


* * *
Pirron Elidaning oliy kohini edi. Faylasufning xulq-atvori, tabiati sirli va o‘ziga xos bo‘lib, u hech narsani sevmas, hech narsadan ta’sirlanmasdi. Shuningdek, hech kim u kabi narsalarning mohiyatiga ishonch bilan qaramasdi. Pirron so‘zlayotganda atrofdagilarning tinglash yoki tinglamasliklari bilan qiziqmasdi. Bordi-yu, tinglovchilar tarqab ketishsa ham u nutqini davom ettiraveradi.

* * *
Pirron o‘zini har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar qatoriga qo‘shar, narsalarning mohiyatiga oid har qanday qat’iy fikr aytishdan tiyilishni afzal ko‘rardi. (Per Beyl: «Pirronchilik — barcha masalalarni ularning mohiyatini chetlab o‘tgan holda muhokama qilish san’atidir», deb yozgandi).

* * *
Bir kuni Pirron ochiq dengizda ketayotganda bo‘ron turadi. Faylasufning kemadagi hamrohlari vahimaga tushadilar. Faqat Pirrongina mutlaqo xotirjamlikni saqlagan holda, o‘zini yo‘qotmay nimanidir kavshayotgan cho‘chqaga ishora qiladi-da: «Donishmand har qanday sharoitda ana shunday befarqlikni saqlab qolmog‘i lozim», — deydi.

* * *
Qadimiy yunon faylasuflari Suqrot va Pifagor kabi Pirron ham faqat og‘zaki tarzda ta’lim bergan. Uning dunyoqarashi haqida shogirdi fliuntlik Timon (miloddan avvalgi 320-230 yillar) yozib qoldirgan manbalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

* * *
Timon o‘z ustozini Quyoshga nisbat etgan. Har narsaga shubha bilan qarovchi Sekst Empirik o‘z dunyoqarashlariga sodiq qolgan holda shunday degandi: «Quyosh ko‘zdan g‘oyib narsalarni yoritib, ravshan qiladi. Pirron esa aksincha, har qanday kimsa uchun aniq-ravshan bo‘lgan narsalarni mavhumlashtiradi».

* * *
Bir kuni Pirronga qitmirlarcha shunday savol berdilar:
— Pirron, sen o‘lmaganmiding?
O’z ta’limotiga sodiq Pirron uchun:
— Bilmayman, — deb javob berishdan o‘zga yo‘l qolmagandi.

* * *
Agar tirik mavjudotlar o‘rtasidagi xilma-xillikka bog‘liq ravishda muhokama etib bo‘lmaydigan turli qarashlar mavjud ekan, u holda narsalar haqida hukm chiqarishdan tiyilmoq zarur. Masalan, insonlar dengiz suvini ichganlarida xuddi zahar kabi yoqimsiz tuyuladi. Baliqlar esa shu suv ichida yashaydilar.

* * *
Agar bir narsa hamma uchun birdek go‘zal va oqilona ko‘ringanda, insonlar o‘rtasida g‘arazli bahs paydo bo‘lmas edi.

* * *
Narsalar bizga noma’lum sifatlarga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Sababi bizda bu sifatlarni his etish a’zolarining yo‘qligidadir... agarki, sezgilar tashqi olamni qabul qilishga qodir emas ekan, demak, tafakkur ham u haqda yetarlicha mushohada yuritolmaydi. Shuning uchun ham biz tashqi olam xususida hukm chiqarishdan tiyilishimiz joiz.

* * *
Agar
Maqola nomi : Pirron
Vaqti : 21.04.2014|20:51
Ko'rilgan : 2260
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 287/237
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :39 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика