UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
EPIKUR
(Miloddan avvalgi 341-270 yillar)

Yunon faylasufi Epikurning vatani — Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning shogirdi Pamfil qo‘lida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi 310 yilda Lesbosdagi Mitilen shahrida, 306 yildan o‘limiga qadar Afinadagi o‘z «Bog‘»ida talabalarga falsafadan saboq bergan. Bu bog‘ epikurchilarning muqaddas dargohiga aylangan. Epikur umri davomida hech qachon o‘zgalarning fikriga tayanmaslikka harakat qilgan. Jami 300 ga yaqin asar yozgan, biroq ular bizga qadar yetib kelmagan. Epikurning ta’limoti asoslari bayon etilgan uchta maktubi va ba’zi qo‘lyozmalaridan parchalargina saqlanib qolgan.
Donishmand umrining so‘nggi 14 kuni davomida buyragidagi toshdan qattiq azob chekkan. Rivoyatlarga qaraganda, u issiq suv to‘ldirilgan jomga yotib o‘tkir sharobni simirgan-da, do‘stlariga saboqlarini unutmaslikni vasiyat qilib, hayotdan ko‘z yumgan.


* * *
«Falsafa yoxud donishmandlikka mehr qo‘yish aqlni charxlash demakdir, — deb yozadi Epikur. — Bu mehr fikrlash va suhbatlashish yordamida baxtli hayotning mohiyatini ochib beradi. Zero, falsafa fanining boshqa ilmlardan farqi ham shundaki, bunda maqsadga mehnatning so‘nggida yetiladi va shu bilan qanoat hosil qilinadi».

* * *
Navqironlik chog‘larida falsafani bir chetga surib qo‘yishdan, keksayganda esa undan bezib qolishdan saqlaning. Axir qalb sihatligiga erishmoq uchun yoshning hech qanday ahamiyati yo‘q-ku.

* * *
Falsafa bilan shug‘ullanishga hali erta yoki buning vaqti o‘tdi deguvchilar xuddi baxtiyorlik onlari hali yetib kelmadi yoki u o‘tib ketdi deguvchilar kabidir. Shu bois falsafa keksalar uchun ham, o‘spirinlar uchun ham birdek zarur. Keksalarga shuning uchun zarurki, falsafa tufayli ular o‘tmishlaridan quvonadilar va ezgulikdan bahramand bo‘lishadi. O’spirinlar esa falsafa tufayli keksa donishmandlar sifatlariga erishib, kelajakdan cho‘chimaydilar.

* * *
Koinot cheksizdir. Aslida intihoga ega bo‘lgan narsalarning chegarasi bo‘ladi. Chegara esa chetdan turib kuzatish mumkin bo‘lgan narsadir. Koinot chegarasiz, demak, uning intihosi yo‘q. Intihosiz narsa esa bepoyon va cheksizdir.
Olam qachon paydo bo‘lganidan qat’i nazar, yilning bahor kezlarida yaralganiga shubha yo‘q. Aynan bahorda hamma narsa ilk marta kurtak ochib gullagan va meva tukkan.

* * *
Epikur jon haqida shunday degandi: «Jon o‘ta darajada latif to‘qimalardan tarkib topgan. Ammo shunga qaramay, u to‘rt xil tabiatli narsalar aralashmasidan iboratdir. Uni bir ulush olov, bir ulush havo, bir ulush nafas va his etish qobiliyatiga ega bo‘lgan to‘rtinchi nomsiz ulush qo‘shilmasi sifatida tasavvur qilish lozim. So‘nggi nomsiz ulush jonning joniga o‘xshaydi. Chunki u tufayligina jon jonga aylanadi».

* * *
Jon o‘z holicha, jism o‘z holicha his etish qobiliyatidan mahrumdir. Ular ikkisi birgalikdagina his eta oladilar.
* * *
Faylasufning inson azob-uqubatlariga malham bo‘lolmaydigan so‘zlari quruq safsatadan o‘zga narsa emas. Jismdagi kasallikni yo‘qotolmaydigan tabobatdan hech qanday naf bo‘lmaganidek, qalbdagi xastalikka davo topolmaydigan falsafa ham befoydadir.

* * *
Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va umumiy sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘yuvchi qadimiy falsafa aqidalarini rad etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.)

* * *
Aql-farosatdan mahrum holda baxtli yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt bo‘lgan a’loroqdir.

* * *
O’tgan saodatli onlarini unutganlar qariyaga aylanadilar.

* * *
O’lim — eng dahshatli yovuzlik. Ammo buning bizga hech qanday daxli yo‘q. Chunki biz tirik ekanmiz, o‘lim ham bo‘lmaydi, o‘lim yetib kelgach, biz g‘oyib bo‘lamiz.

* * *
Bizga kerakli narsalarni yengil, kerakmaslarini esa og‘ir qilib yaratgan dono tabiatga tahsinlar aytamiz.

* * *
Erkinlik istaklarni jilovlash natijasida erishiladigan eng oliy ne’matdir.

* * *
Zaruriyat kulfatdir. Ammo zaruriyat bilan yashashning hech qanday zarurati yo‘q.

* * *
Aqlli, axloqli va adolatli bo‘lmay turib, ko‘ngildagidek yashash mumkin emas. Va aksincha, ko‘ngildagidek yashamay turib, aqlli, axloqli va adolatli hayot kechirib bo‘lmaydi.

* * *
Navqironlarni emas, balki hayotini yaxshi yashab o‘tgan keksa odamlarni baxtli sanamoq lozim.

* * *
Barcha istaklar oldiga shunday savolni ko‘ndalang qo‘ymoq kerak: xo‘sh, istagim amalga oshgach, men nimaga erishaman? Istagimga erisholmasam-chi?

* * *
Donishmand hech qachon befahmga aylanolmaydi.

* * *
Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto falsafadan ham qimmatliroq.

* * *
Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql-idrok ila bularning barchasidan ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham buning
Maqola nomi : Epikur
Vaqti : 21.04.2014|20:50
Ko'rilgan : 2201
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 266/259
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :40 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика