UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
ko`proq pul ishlashga majbur qilardi. Saunada «ishlab» yurganimda Sabina ismli qiz bilan tanishgandim. Sabinaga qo`nhiroq qilib, dugonam bilan borayotganligimni aytdim. Etib kelgach, u bizni kutib olib, ijaraga uy topib berdi. Mahbubaga «Sen bir-ikki kun dam ol» deb, o`zim esafaoliyatimni boshlab yubordim. Turmushga chiqmagan dugonamni ham ifloslikka boshlaganimdan vijdonim qiynaldi. Ammo topgan pulim ikkalamizning eb-ichishimizga etmasdi, xohlasam-xohlamasam uni yurgan yo`limga boshlashga majbur edim. U qaysi yo`l bilan pul topayotganimni bilgach, mendan nafratlanishini, ko`rarga ko`zi yo`qligini aytib yihladi, ammo orqaga yo`l yo`q edi. Mahbuba men bilan “massajchi”lik qilishga ko`nmadi. U endi butunlay boshqa odamga aylangandi, ochilib gaplashmas, juda zarur gapi bo`lganidagina gaplashardi. Uyidagilari qo`nhiroq qilganida ularni tinchlantirish uchun men bilan tikuvchilik sexida ishlayotganini aytdi.

Ertalab navbatdagi «mijoz»ning qo`nhirohidan keyin o`zimga oro berib «ish»ga otlandim. Mahbubani chaqirsam, hech kim ovoz bermadi, xavotirlanib xonalarni ko`zdan kechirdim. Vannaxonaning eshigini itarib ko`rdim, ochilmadi. «Mahbuba!» deb chaqirdim, jim-jit. Ko`nglim bir yomonlikni sezdi, bor kuchim bilan vannaxonaning eshigini urib ochdim.

Ochdim-u dahshatdan tilim kalimaga kelmay qoldi. Erda dugonamning jonsiz tanasi cho`zilib yotardi…

Mahbubaning joniga qasd qilganini tekshirish uchun kelgan ichki ishlar idorasi xodimlari meni ham so`roq qildi, sovuq o`lkada nima ish bilan shuhullanganim fosh bo`lgach, mamlakatdan deportasiya qilindim. Sharmandalarcha uyga qaytdim. Ota-onam meni oq qilishdi, hozir har joyda ijarada yashab, duch kelgan ishni bajarib yuribman. O`zim-ku, mayli, ammo yosh joniga qasd qilgan dugonam Mahbubani eslasam, o`zimdan nafratlanib ketaman, toshga aylangan qizlar haqidagi rivoyat yodimga tushadi.

Rivoyat qilishlaricha, qadimda bir o`lkaga dushman bostirib kiribdi. Ular gullab-yashnagan bu yurtni kultepaga aylantirishibdi. Shu erlik qizlar tiriklayin dushman qo`liga tushsak, nomusimizni toptaydi, yuzi qora bo`lgandan ko`ra, o`lganimiz ma`qul, bizlarni toshga aylantir deb Yaratganga iltijo qilishibdi. Ularning ohu faryodi, iltijolari ko`kka etibdi. Or-nomusini hamma narsadan ustun qo`ygan qizlar toshga aylanishibdi.

Mahbuba ham harom yo`lga kirgandan ko`ra o`limni afzal ko`rdi. Men-chi... men esa arzimagan pul uchun nomusimni sotdim, el-yurt oldida yuzim shuvut bo`ldi... Erimning uyida egan kaltaklarim, ezilganlarim bu voqealarning oldida hech nima bo`lmay qoldi. Agar sabr qilganimda, erimdan shirin gapimni, ozgina mehrimni ayamaganimda balki uning ko`ngli yumshab, hozir baxtli yashayotgan bo`larmidik? Qaynonam zuhum qilganda, tilimni tiyib, “Oyijon” deb elib-yugurib xizmat qilganimda bu kunlar boshimga tushmasmidi? Bekorga xalqimiz sabrning tagi sariq oltin demagan ekan. Inson boshiga tushgan ko`rgiliklarga, sinovlarga chidasa, sabr-bardoshli bo`lsa, Yaratganning o`zi uni qo`llab-quvvatlarkan...
Maqola nomi : PULGA SOTILGAN NOMUS
Vaqti : 16.01.2019|22:08
Ko'rilgan : 488
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 33/39
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :26 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика