UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Men ham barcha ayollar singari chiroyli kiyinishni, yaxshi yashashni orzu qilardim, biroq bu niyatlarimni amalga oshirish uchun pul zarur edi. Qo`limda tayinli hunarim bo`lmaganidan boshimni qayerga urishni bilmasdim.

Maktabni bitirganimdanoq ota-onam birinchi kelgan sovchilarga rozilik berib yubordi. Tushgan oilam bizdan ko`ra badavlatroq edi, shu narsa uydagilarimga juda xush kelgandi. Ammo xalqimiz bejizga «Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan» demagan ekan. Oilamda hech kim, hatto erim ham mensimasdi, men ularga faqat cho`ri edim. Keyinchalik bilishimcha, erim turmushidan ajragan bir juvon bilan yashar, menga esa nomiga, ota-onasining xizmatini qilish uchun uylangan ekan. Ertadan kechgacha qo`lim ishdan bo`shamas, yana ora-orada erimning ham tepkisini erdim. Endi homilador bo`lganimda navbatdagi tepkidan homilamni yo`qotdim. Pichoq borib suyakka qadalgandan keyin ota-onamning uyiga qaytib keldim. Ammo bu erda ham taskin topmadim. «Chiqqan qiz chihiriqdan tashqari» deganlari rost ekan. Qaytganim ota-onamga ham yoqmadi. Kelinoyimning qovohi ochilib, labiga tabassum yugurishi uchun ertadan kechgacha tinim bilmasdim. Biror joyga ishga kiray desam na diplomim, na biror hunarim bor.

Shunday kunlarning birida chet elga borib ishlab kelgan qo`shnimiz Xolnisa opa jonimga oro kirdi. Xolnisa opa pul topish uchun ko`rsatgan “qahramonlik”lari haqida ohiz ko`pirtirib gapirganida, unga havasim kelib, ko`nglim sust ketdi. Xolnisa opa u joylarning jannat ekanini, hatto oddiygina massajchilar ham malikalardek hayot kechirishini aytib, agar men ham bosam, yaxshigina pul topishim mumkinligini aytdi. Massajchilik qo`limdan kelmasligini aytgandim, bu ish men o`ylaganchalik qiyin emasligini, xohlasam birpasda o`rganib olishim mumkinligini tushuntirdi. Ko`nglim biroz taskin topdi. Qaysi yo`l bilan bo`lmasin, pul topsam bo`ldi deb o`yladim.

– Agar yana chet elga borsangiz meni ham olib keting, hamma shartlaringizga roziman, pul ishlasam bo`ldi, – dedim Xolnisa opaga.

Gaplarimdan u quvonib ketdi. Birorta qizni ergashtirib borsa, tanishlari mukofot puliberishiu paytda menga qoronhu edi.

– Mayli, o`zi qaytish uchun chipta olmoqchi bo`lib turgandim, seni birga olib ketaman. Hoynahoy, puling bo`lmasa kerak, ikkalamiz uchun chiptani o`zim olaman. Borgandan keyin ishlab pul topsang, surishib ketarmiz, – dedi Xolnisa opa.

Shunday qilib, Xolnisa opa bilan birga chet elga bordik. Qo`nganimizda uning Nina ismli tanishi bizni kutib olib, ijara uyga joylashtirdi. Bir-ikki kunlik hordiqdan so`ng Xolnisa opa “xizmat faoliyat”ini boshlash vaqti kelganini aytdi. Bu men o`ylagandek oddiy massajchilik emasdi, balki fohishalik edi. Avvaliga Xolnisa opaga hech qachon bu yo`lga kirmasligimni, orqaga qaytib ketishimni bildirdim.

– Orqaga qaytaman deysanmi? Qaysi pulingga ketmoqchisan? Avval mendan olgan pulingni to`lab qo`y! – dedi u o`shqirib.

– Nomusimni sotib, pul topgandan ko`ra, o`lganim ma`qul, – dedim o`pkam to`lib.

– O`lging kelayotgan bo`lsa, o`laver! O`liging ko`chada qoladi, bu erda senga hech kimning rahmi kelmaydi, – dedi Xolnisa opa sovuqqonlik bilan.

O`lish men o`ylaganchalik oson ish emas ekan, qo`limga arqon olishga oldimu, jon shirinlik qildi, jur`at qilolmadim. Shunday qilib, taqdirimga tan berdim. Avvaliga qilayotgan ishimdan nafratlangan bo`lsam, bor-bora ko`nikib ketdim.

Har kuni erta tongdan Nina qo`nhiroq qilar, yuvinib-taranib, maxsus yollangan taksida shahar chetida joylashgan saunalardan biriga yo`l olardik. Saunada «massajchi» niqobi ostida bir kunda ikki-uchtadan mijoz qabul qilishga to`hri kelardi. Harom yo`l bilan topilgan pullar esa sauna egasi, Nina va qizlarning o`rtasida teng taqsimlanib, hamma o`z ulushini olardi. Sauna qo`riqchilari to ish kuni tugamaguncha ketishimizga yo`l qo`ymasdi. Shu tariqa oradan ikki oycha vaqt o`tgach, bir-ikki so`m pul topgandan keyin uyga qaytishga qaror qildim.

Har qalay pul olib kelganimni ko`rgan akam bilan kelinoyimning chehrasi ochildi, ammo ulardan bu pullarni qaysi yo`l bilan topganimni yashirdim. Ota-onamni ham tikuvchilik sexida ishladim deb aldadim.

Oradan kunlar o`tdi. Yotib eganga toh chidamas deganlaridek, olib kelgan pulimning ham tagi ko`rinib qoldi. Yana chet elga otlandim, ketayotganimni ko`rgan sinfdosh dugonam Mahbuba ham menga ergashdi. U eng yaqin dugonam, juda aqlli qiz edi. Sinfda hammamizdan yaxshi o`qiganiga qaramay, omadi chopmadimi, o`qishga kirolmadi.

– Uyda bekor o`tirgandan ko`ra, bir-ikki so`m pul topsam, ota-onamga yordam bo`ladi. Bo`sh vaqtimda esa o`qishga kirishga tayyorlanaman, – dedi u soddalik bilan.

Uni yo`ldan qaytarishga harchand harakat qilmay, «Senga bu ish to`hri kelmaydi» demay u ko`nmas, o`z qarorida oyoq tirab turib olgandi. Rozi bo`lishdan o`zga choram qolmadi. Ota-onasi ham menga ishonishgani uchun ruxsat berishdi.

Ishning hadisini olganimdan bu safar Ninaning oldiga borishni istamadim. Chunki u berahm ayol edi. Bir kun ham dam bermay,
Maqola nomi : PULGA SOTILGAN NOMUS
Vaqti : 16.01.2019|22:08
Ko'rilgan : 451
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 28/33
Reyting
Bosh sahifa » Hikoyalar
Maqola o'qiypti :24 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика