UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Hozir xalq orasida, ayniqsa yoshlarda tadbirkorlik va biznes sohasiga qiziqish juda yuqori. Uning mazmun mohiyatini esa tushinish muxim. SHu nuqtai nazardan ba’zi bir terminlar va atamalarga qisqacha izoh berishga harakat qilamiz.


AKSIZ – keng iste’mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga solinadigan qo’shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko’rsatilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar) narxi ustiga qo’yiladi.


ANTIMONOPOL QONUNCHILIK – iqtisodiyotda yakka hukmronlik mavqeiga ega bo’lgan biror bir faoliyat turiga qarshi davlatning kurash siyosatidan iborat.


AUKSION – (lat. Auktion) – «kim oshdi» savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo’yicha ko’targan xaridor sotib oladi.


BANKOMAT – mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali bog’langan naqd pul beruvchi elektron moslama.


BIZNES-(inglizcha business – ish, mann-odam) – biznes bilan shug’ullanuvchi shaxs, korchalon.


BIRJA-mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog’ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma’lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot.


BIRJA KOTIROVKASI – birjalar orqali sotiladigan mahsulotlar bahosi. Har bir birja ularni ma’lum tizimga soladi va chop etadi.


BOJ – (arab.-o’lpon,soliq) – bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o’tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog’ozlardan undiriladigan pul yig’imlari.


DEBITORLIK QARZI – korxona, tashkilotlarning jo’natgan tovari uchun olinishi kerak bo’lgan haqi yoki hali olinmagan tovar uchun to’langan pul.


DIVIDEND – aksioner, aksiya egasining daromadi; jamiyati foydasining bir qismi.


DILER – (dealer) – o’z hisobiga birja yoki savdo vositachiligi bilan shug’ullanuvchi ishbilarmon.


DOTATSIYA – tashkilot, korxonalarga davlat tomonidan beriladigan yordam puli, moddiy yordam, qo’shimcha to’lov. Asosan zararni qoplash va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi.


IJARA – (arab) – mustaqil xo’jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to’lanadigan muayyan haq.


INTEGRASIYA – (lat.integer-butun) mustaqil xo’jalik faoliyatining milliy, mintaqa va xalqaro miqyosda o’zaro qo’shilib yaxlit xo’jalik tizimini tashkil etishi.


INKASSASIYA – turli to’lov xizmatlari asosida bankdan naqd pul olish.


BOZOR KON'YUKTURASI — ayrim bozorlarda muayyan xolatlarning mavjudligi. Bozor kon'yukturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi.


BROKER — (ingl.broker)- mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.


BYUDJET — (ingl.budget-sumka)- davlat, korxona, muassasa va shu kabilarniing ma'lum muddat uchun oldindan belgilab qo'yiladigan kirim-chiqim, daromad — buromad smetasi.


BYUDJET DEFISITLIGI TAQCHILLIGI — byudjet daromadlari bilan xarajatlarining nomuvofiqligi bo'lib, xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi tushuniladi.


VALYUTA — ( ital. valuta. lat. valere- qadrlanmoq, qiymat )- mamlakatning pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog'oz, pul)ga tenglashtirilgan to'lov vositalari.


VALYUTA KURSI — mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan bahosi.


VALYUTA KONVERTIRLASHUVI — uning boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushuniladi.


VEKSEL — (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. qarz bergan tomon vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.


GIPERINFLYASIYA — haddan tashqari inflyasiya, narx-navoning shiddat bilan o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi.


DEBITOR — (lat.debitor-qarzdor)- biror idora, tashkilot va shu kabilardan qarzdor bo'lgan shaxs yoki tashkilot.


LISENZIYA — (lat.licentia-erkinlik, huquq)- ruxsatnoma; chet mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma;


MAKLER — vositachi, dallol. Birjalarda oldi-sotdi kelishuvlar vositachisi.


MARKETING — (inglizcha market-bozor) holatini o'rganish, uni oldindan baholash orqali tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda shu yo'l orqali tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, eng yuqori foyda olishni ta'minlash.


MENEJMENT — (inlizcha management) u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va rahbarlik qilishni, iqtisodiy, moliyani va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi.


MENEJER — yollanma
Maqola nomi : Iqtisodiyotga oid atamalar va tushunchalar izohli lug'ati
Vaqti : 17.08.2018|19:49
Ko'rilgan : 627
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 19/22
Reyting
Bosh sahifa » Adabiyot » Iqtisodiyot
Maqola o'qiypti :36 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика