UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
MONTEN
(Mishel Eykem)
(1533-1592)

Farang faylasufi Monten XV asrga kelib dvoryanlik darajasiga erishgan savdogar Eykemlar sulolasiga mansub.
Yosh Monten Tuluza dorilfununida tahsil oldi. U, ayniqsa, faylasuflar Seneka va Plutarx ta’limotini qunt bilan o‘rgandi. Faylasuf o‘zining juda boy shaxsiy kutubxonasi bilan nom qozongan.
Monten o‘zining bor qobiliyatini eng ko‘hna va mustahkam ilm — o‘zini o‘zi anglash ilmiga bag‘ishladi. Faylasufning o‘zi bu haqda shunday deydi: «Men o‘zimni o‘rganaman. Ana shu tadqiqotim men uchun ham fizika, ham metafizikadir».
Monten — inson qalbining xilvat kengliklarini, fe’l-atvorining o‘ziga xos qirralarini, uning favqulodda vaziyatdagi xatti-harakatlarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Uni olam unsurlari emas, «shaxs unsuri», «xatti-harakat uzvlari majmuasi», zakovat tuhfalariyu yurak sirlari qiziqtirardi.
Montenning bizga qadar 3 kitobdan iborat «Esse» («Tadqiqotlar», 1580-1588 y.) asari yetib kelgan.
«Esse» — lotincha so‘z bo‘lib, «o‘z ustida tajriba o‘tkazish» degan ma’noni anglatadi. Montenning bu asari turli mavzulardagi falsafiy tadqiqotlar majmuidan iborat. Bu asarda 3000 ta iqtibos keltirilgan: avliyo Pavel nasihatlaridan 14 ta, «Ko‘hna Ahd»dan 12 ta, Injildan 4 ta. Shuningdek, allomalar Ekkleziast, Vergiliy, Goratsiy, Aflotun, Epikur, Lukretsiy, Plutarx va Seneka kabi allomalardan olingan bir necha yuzlab iqtiboslar ham ushbu asarda aks etgan. Monten asarlarida qaysi mavzuga murojaat qilmasin, avval o‘z shaxsiy yondashuvini, keyin esa misollarni bayon etadi. Ba’zan esa aksincha yo‘l tutadi.
Monten Bordo parlamentining maslahatchisi, keyinroq esa Bordo shahrining hokimi bo‘lib xizmat qilgan.


* * *
Monten dunyoqarashining ifodasi: «Men nimani bilaman?»

* * *
Monten «Esse» haqida shunday deb yozadi: «Kitobimning mundarijasi — men o‘zimman». Volter uning bu fikrini sharhlab, shunday degandi: «Montenning soddadillarcha o‘zini-o‘zi ta’riflashi o‘ziga xos go‘zallik kasb etadi. U shu yo‘l bilan oxir-oqibat insonning umumiy timsolini yaratdi».

* * *
Gyustav Flober (1821-1880) Monten haqida shunday yozadi: «Qanday kitob o‘qish kerakligi bilan qiziqayapsizmi? Montenni o‘qing. O’qiganda ham shoshmasdan, ohista o‘qing! Qalbingiz buyuk donolar fikri bilan to‘yingan zakiylik muhitidan bahra olsin. Shu bois men sizga dastlab Montenni o‘qishingizni maslahat beraman. Uni boshidan oxirigacha o‘qib tugatgandan keyin, yana qayta mutolaa qilishga kirishing».

* * *
Bu olamning jamiki donoliklari va fikr-mulohazalari odamlarni o‘limdan qo‘rqmaslikka o‘rgatishga borib taqaladi.

* * *
Johillikdan qutulmoqni istasang, avval unga iqror bo‘l... Har qanday falsafaning ibtidosida hayrat yotadi, tadqiqot uning rivoji, bilimsizlik esa intihosidir.

* * *
Tabiatda hech narsa foydasiz emas. Hatto foydasizlikning o‘zi ham foydalidir.
* * *
Inson qolgan barcha tirik mavjudotlardan baland ham, tuban ham emas.

* * *
Mo‘‘jiza bizning tabiat borasidagi bilimlarimiz yetarli emasligi tufayli kelib chiqadi. U tabiatga xos sifat emas.

* * *
Haqiqat haqida o‘zganing shohidligi yoki boshqa bir odamning nufuziga qarab fikrlash nojoizdir.

* * *
Men o‘zimga qarshi chiqishim mumkin, lekin hech qachon haqiqatga qarshi borolmayman.

* * *
Har qanday bilim tuyg‘ularimiz orqali egallanadi. Biz tuyg‘ular izmidamiz. Ilm tuyg‘udan boshlanadi va u bilan tugaydi.

* * *
Inson aslida kim bo‘lsa o‘shadir: u o‘z tajribasi doirasidagina fikr yurita oladi; harchand urinmasin, faqat o‘z qalbinigina bila oladi.

* * *
Ilmga moyillikdan ko‘ra tabiiyroq intilish bo‘lmaydi. Idrok ojizlik qilgach, undan ko‘ra kuchsizroq vosita — tajribaga suyanamiz. Lekin haqiqat shunday ulug‘ narsaki, unga yetishish yo‘lida hech qanday vositaga suyanmaslik joiz.

* * *
Biz otni egar-jabdug‘i emas, kuchi va chopqirligi uchun maqtaymiz. Nima uchun bir odamga baho berishda ham shunday yo‘l tutmaymiz? U boy-badavlat bo‘lishi, hashamatli uyda yashashi, katta daromad va obro‘-e’tibor sohibi bo‘lishi mumkin. Lekin bularning barchasi uning zohirinigina o‘rab olgan narsalardir. Uning botinida nima bor? Mushukni qopi bilan sotib olmaysiz, to‘g‘rimi? Yoki ot sotib olayotganingizda, albatta, uning ustidagi aslaha-anjomni olib tashlab, tabiiy holatiga nazar tashlaysiz. Nima uchun odamga baho berishda uni o‘rab turuvchi tashqi ziynatlarni mustasno etmaysiz?

* * *
...O’zini o‘zi anglayolmagan bu odamlarning Nil daryosidagi ko‘tarilish va qaytish sabablari haqidagi fikrlariga qanday qilib ishonay?

* * *
Agar menga ikkinchi bor yashash imkoniyati berilsa, avval qanday yashagan bo‘lsam, yana shunday yashagan bo‘lardim. Men o‘tgan umrimga achinmayman va kelajakdan qo‘rqmayman.

* * *
Donishmandlikning eng muhim belgisi — doimiy xotirjamlik.

* * *
Ixtiyorni o‘zda saqlab qolmoqlik —
Maqola nomi : Monten
Vaqti : 21.04.2014|20:27
Ko'rilgan : 2168
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 188/232
Reyting
Bosh sahifa » Aforizmlar
Maqola o'qiypti :26 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика