UzBender.Ru | Super Portal

Izlash

Asab Kasallikning kelib chiqish sabablari va ularni tabobat usulida davolash
Inson organizmida ko‘plab uchraydigan kasalliklarning bir qator turlari asab tizimining ish faoliyatiga bog‘liq. Inson tanasi charchaganda, uyqusizlik holati ro‘y berganda, uyqusizlik holati ro‘y berganda hamda asab tizimiga salbiy ta’sirlar o‘tkazilganda bir qator kasalliklar arteroskleroz, aql faoliyatining yomonlashishi, ishtaha buzilishi, tez-tez toliqish, shamollash va boshqalar kelib chiqadi. Asabi yaxshi odamni salomatligi yaxshi, irodasi kuchli kishi deb aytishadi. Zero, asab ichki organlar faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, bosh miya faoliyati ichki organlarga ta’sir etib turadi. Ayniqsa, iztirob chekkan, g‘amgin kishilar doimo yurak bezovtalanishidan, yurak atrofidagi og‘riqdan shikoyat qilishadi. Bir og‘iz noo‘rin so‘z asabi sezgir kishilarga tez ta’sir etib, olam o‘zini darhol yomon seza boshlaydi, yuragi bezovta bo‘libgina qolmay, qo‘l-oyoqlari bo‘shashadi, ichi titrab ketadi. SHu bilan birga, ichki organlar faoliyati buziladi, qonda qand miqdori oshib ketadi, og‘iz quriydi, darmonsizlik va shunga o‘xshab bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi. Asabni saqlash borasida Jaloliddin Rumiy shunday degan:-“Bir og‘iz so‘z bilan ham bo‘g‘ish, ham to‘zish mumkin. Qudratingdan aylanay so‘z”! YAna aytganki:-“Tabassum chehraga ulug‘vorlik beradi, dilni ravshan qiladi, qalbga orom bag‘ishlaydi. Tabassum ko‘ngillarni yashnatuvchi kuchdir”. SHuni unutmaslik kerakki, kishi tashqi muhitdagi yomon ta’sirga qanchalik sezgir bo‘lsa, organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan chidami shunchalik pasayib ketadi. Natijada kishi har xil kasalliklarga tez chalinadigan bo‘lib qoladi. Ba’zan og‘ir stress, ob-havo, quyosh nuri, issiqlik, sovuqlik har xil ranglar shovqin-suron, musiqa va hokazolar ham inson asabiga salbiy ta’sir etadi. Bu xolat 2 xafta, ayrim kishilarda esa 1 oydan keyingina tiklanadi. Bahorgi toliqish yoki madorsizlik organizmda organik moddalar etishmasligining oqibati bo‘lishi mumkin.

Kasallikni davolash uslublari:

Ruhiy sog‘lmlashtirishga Jaloliddin Rumiy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar alohida e’tibor berishgan. Jololiddin Rumiy: “Har g‘amning oxirida bir shodlik, har yig‘ining oxirida bir xanda bor”-degan. Ibn Sino musiqaning davolash hususiyatlarida yoritib o‘tgan. Masalan:, “YAxshi mashqdan tashqari qo‘shiq aytish sog‘liqni yuqori darajada ushlashlikdir”, deya lutf qilganlar. Qadim zamonlarda Xorazm tabiblari o‘lim to‘shagida yotgan bemorlarni surnay, nog‘ara, doira ovozlari yordamida tetiklashtirishga harakat qilganlari yozib qoldirilgan. Faqat unda qanday musiqa chalinganligi yozilmagan. Hozirgi vaqtda psixiatrlar, psixoterapevtlarning ko‘pchiligi turli ta’sirchan musiqa ohanglaridan foydalanayotirlar. Og‘ir ruhiy siqilishdan davonayotgan kishilarga, ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ranglar mavjud. Jumladan, yurak buzilgan bemorlar ko‘k rangli hapdorilarni yaxshi qabul qiladilar, chunki bu rang ularning xotirjamligini ta’minlaydi. Aksincha to‘q sariq yoki qizil rangli dori-darmonlar ularni toliqtirishi va asablarni qo‘zg‘atishi mumkin va hokazo. Ma’lumotlarga qaraganda, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tinka qurishi va toliqish kabi noxush vaziyatlarda, hammomdan foydalanish ijobiy samara beradi. Hammom qabu qilgan kishining markaziy asab a’zolari faoliyati yaxshilanadi, har taraflama organizmni chiniqtiradi, asabni mustahkamlaydi. SHu borada Abdurahmon Jomiy: “Hammomda boshingdan quysang sovuq suv. Tanagga kasallik yopishgusi duv”. YAna bir; “Tabiat doimo xaqiqatgo‘y, shunga ko‘ra unga qarshi borib bo‘lmaydi” degan.

Halq tabobati va ilmiy tibbiyoda asab tizimi va boshqa tizim kasalliklarining oldini olishda, davolashda diyorimizda o‘sayotgan turli xil meva-sabzavotlar ayni shifo bo‘ladi. SHulardan ba’zilarni keltiramiz.

Ismaloq (cho‘chqatikan). Bu o‘simlikning barglari, urug‘i va ildizi shifobaxsh hisoblanadi. Ismoloq bargining qaynatmasi asab tizimi buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 1 osh qoshiq miqdorida barg uqalanmasa olinib, 200 g suvda 10 daqiqa qaynatiladi, keyin 1 soat davomida tindirib qo‘yiladi. So‘ng dokada suzib, sharbatidan yarim piyoladan kuniga 3 mahal ichib turiladi.

Limono‘t (Melissa lekarstvennaya ): o‘lkamizda o‘suvchi yuzlab xosiyatli giyohlar orasida bu o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari, ayniqsa, asabni tinchlantirib, yurak o‘ynog‘iga xotima beradi. Ishtaxani ochadi. Ayni bahor damlari limono‘tning murg‘ak ko‘katlaridan va boshqa ko‘katlarni aralashtirib, ko‘katli chuchvara, ko‘ksomsa tayyorlab, iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Maqola nomi : Asab Kasallikning kelib chiqish sabablari va ularni tabobat usulida davolash
Vaqti : 15.11.2017|19:37
Ko'rilgan : 1397
Muallif : Dilovar Aslonova
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 110/81
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :48 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика