UzBender.Ru | Super Portal

Izlash

Jack Ma, chairman of Alibaba Group Holding Ltd., gestures as he speaks during the Credit Suisse Asian Investment Conference in Hong Kong, China, on Wednesday, March 20, 2013. Alibaba says it accounts for five percent of the China retail market. Photographer: Jerome Favre/Bloomberg via Getty Images
Har kuni kechki soat oltida ish kunimiz nihoyasiga yetadi. Bugungi internet davrining vakillari kechki 12 ga qadar bedor bo‘lishadi. Shu oraliqdagi 6 soatni qay yo‘sinda o‘tkazish esa hayotimizga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi.

Ko‘pchilik uchun karyera bu 8 soatlik qizg‘in ish soatlarini anglatadi va kunning asosiy kuch-g‘ayrati ayni shu soatlar uchun sarflanadi. Ishda o‘sish ham mana shu soatlardagi sa’y-harakatga bog‘liqdek. Tun esa dam olish, uzundan-uzun suhbatlar, sayr qilish bilan yakun topadi.

Hayot va umr samaradorligi, uning mazmun-mohiyati, farovonlik ishdan keyingi, uyquga qadar davom etuvchi 360 daqiqalik vaqgta ham chambarchas bog‘liq.

Quyida sizga «eng boy xitoylik» nomiga ega biznesmen, Alibaba kompaniyasi asoschisi Jek Maning shu daqiqalar mobaynida har bir kishi qilish mumkin bo‘lgan 5 ta muhim odat haqidagi fikrlarini bayon qilamiz.

Har kun kechda nima bilan mashg‘ul bo‘lish juda muhim
Men kollejni «marketing» yo‘nalishi bo‘yicha tamomladim. Ammo, mening orzuyim dizayner bo‘lish edi.

Dizaynerlik orzusi yo‘lida, bu boradagi mahorat va ko‘nikmamni oshirish uchun har kuni shu yo‘nalishdagi qo‘shimcha ish qilardim. Bu ko‘p vaqtimni olib qo‘yardi.

Rahbar bo‘lganimda esa dizayn sohasi bilan shug‘ullanmay qo‘ydim va o‘zimni marketingga bag‘ishladim.

Har kech, bolalarim uyquga ketib, xonadonim sukutga cho‘mgach, men o‘z ustimda ishlashga kirishaman. To‘g‘ri, bu ko‘p vaqtimni olib qo‘yadi, uyqudan voz kechishga majbur qiladi, ammo ishda esa men bu mashaqqatlarning natijasiga guvoh bo‘laman. Modomiki, o‘z yuksalishimni faqatgina ish soatlaridagi sa’y-harakatim bilan baholaganimda edi, mendan hech qachon kreativ direktor, mohir menejer chiqmagan bo‘lar edi. Agar vaqtida uyqudan voz kechmaganida bugungi kabi marketing sohasida magistrlik darajasiga erishmagan bo‘lardim.

Men faqatgina o‘zim o‘zimga bergan saboqlarga ishonaman. Va men bilgan barcha muvaffaqiyatli insonlar ayni shu yo‘lni tanlaganliklariga amin bo‘lganman.

Do‘stlarimdan biri tarix fakultetida tahsil olgan bo‘lsa ham, o‘zi texnika savdosiga qiziqardi. Kuni bilan telemarketing sohasida mehnat qilsa ham, tunlari dasturlash sirlarini o‘rganardi. Oxir-oqibat u savdo-sotiq bo‘yicha shug‘ullanuvchi kompaniya vitse-prezidentiga aylandi. Ayni paytda esa, u kompaniyaning texnik masalalar bo‘yicha direktori.

Yana bir do‘stim tadbirkor bo‘lishni istasa ham, taqdir taqozosi bilan siyosatshunoslik yo‘nalishida ta’lim olgan. U kompaniya tashkil qilishga juda qiziqar va tunlari shu soha sir-asrorlarini o‘rganardi. U kun kelib orzusiga erishdi: yirik kompaniya tashkil etdi.

Ularning istiqbolini tungi 12 ga qadar bo‘lgan vaqtda bajargan amallari belgilab bergan edi. Shubhasizki, ko‘p narsa hayot va ish o‘rtasida muvozanatga ko‘p narsa bog‘liq. Agar oilali bo‘lsangiz, kechki payt ular uchun ham vaqt ajratishingiz lozim bo‘ladi.

Yolg‘iz bo‘lgan taqdirda ham, mashq zallariga borishga, do‘stlar bilan uchrashishga to‘g‘ri kelishi aniq. Albatta, yangi filmlarni tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynash o‘z yo‘liga, ammo vaqtni Facebook tarmog‘idagi behuda harakatlarga bag‘ishlash kerak emas.

Ko‘proq o‘qing, shunda ko‘p narsa o‘zgaradi.
Menining kollejdagi ustozim Amerikada, kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan kambag‘al oilada tug‘ilgan. U o‘z oila a’zolari ichida kollejga qabul qilingan ilk odam bo‘lgan ekan. Vaqti kelib u Garvardda magistrlik darajasiga erishadi va mohir ofitser bo‘lib yetishadi. Men uni uchratganimda u Kolorado-Springs shahrida karyera qilayotgan edi.

Ustozimdan uning muvaffaqiyati siri nima bo‘lganini so‘raganimda, u hech qachon o‘qishdan to‘xtamaganini aytgan. U doimo o‘qib-izlanish, bilim hayotda kim bo‘lishni hal qiluvchi kaliti deb hisoblagan. U suhbatdoshlaridan tez-tez ular qaysi kitobni o‘qiyotganliklarini so‘rab turadi. Va, tabiiyki, ulardan hammasi ham savolga zudlik bilan javob bera olmasdi.

Mutolaa sizni yuksaltirish, hamkasblariz orasida bosh bo‘lishingizga xizmat qiladi. Kim ko‘p o‘qisa, tabiiyki turli yo‘nalishlarda bilimi boyib boradi va mehnat qilayotgan muassasa rivojiga ham shu qadar yuqori hissasi tegadi.

Bu bilimlar sizning suhbatlaringizga mushtoqlar sonini oshishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan hurmatga sazovor insonga aylanasiz.

Amerikalik yozuvchi Entoni Robbins shunday deydi:

«Agar har kuni 1 soat vaqtingizni biror sohaga oid bilimlar olishga sarflasangiz, yil o‘tib siz bu borada
Maqola nomi : Jek Ma: Maqsadga yetish uchun tungi bedorlikda amal qilish zarur 5 qoida
Vaqti : 14.11.2017|19:46
Ko'rilgan : 660
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 72/54
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :42 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика