UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Informatika fanining rivojlanish tarixi
Reja:
1. Fanning maqsadi va vazifalari.
2. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi.
3. EHMlarning avlodlari.
1. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo’lmish hisoblash texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil murakkab masalalarni echishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko’p faktorlarni hisobga olish, ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- elektron mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida mashinasozlik, transport ishlab-chiqarishini rejalashtirish, loyihalash, hisoblash hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. SHuning uchun ham hisoblash texnikasi keng joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan mutaxassislarga talab oshib bormoqda.
Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir. Bu fanni o’rganish mobaynida talabalar kompyuterlarning ichki va tashqi qurilmalari va ularning ishlash prinpiplari bilan tanishish bilan bir qatorda aniq yo’nalishdagi masalalarni echishga qaratilgan dastur mahsulotlari bilan ishlash qoidalarini ham o’rganib boradilar. Umuman bu fan orqali talaba kompyuterda mustaqil ishlay oladigan foydalanuvchiga aylanadi.
2. Ma’lumki moddiy-texnika vositalaridan va mavjud rezervlardan o’z vaqtida foydalanishni optimal tashkil etish uchun hisob ishlarini to’g’ri olib borish zarurdir. Bu har qanday korxona faoliyati ravnaqi uchun hal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi.
Bundan tashqari hisob ishlarini to’g’ri olib borish ishlab-chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda katta yordam beradi. Biroq ishlab-chiqarish rivojlanishi bilan hisob ishlarining hajmi ham ortib bormoqda. Natijada korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan texnik-iqtisodiy axborotlarni o’z vaqtida tayyorlash murakkab ishlardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun ham bunday ishlarni avtomatlashtirish zaruriyatlari paydo bo’lmoqda. Vaholanki bir necha asrlardan buyon insoniyat hisob ishlarini mashinalar yordamida bajarishga o’rinib kelgan. Pirovard natijada 1642 yili buyuk frantsuz fizigi Paskal matematikaning ikki amalini (qo’shish va ayirish) bajaradigan dastlabki mexanik hisoblash mashinasini yaratdi.
Birinchi elektromexanik hisoblash mashinasi amerika olimlari tomonidan 1937 ishlab chiqildi. Ushbu hisoblash mashinasi elektromexanik relelardan tashkil topgan bo’lib, 5 ot kuchiga ega bo’lgan elektrodvigatel orqali ishga tushirilar edi.
Hisoblash texnikasining elektron davri 1945 yildan boshlanadi. CHunki shu yili dunyoda birinchi bo’lib, Amerika Qo’shma SHtatlarida ENIAC nomli elektron hisoblash mashinasi yaratilgandir. Uning xotira qurilmasi elektron lampalarga asoslangan bo’lib, boshlang’ich, oraliq hamda dasturlarni saqlash uchun xizmat qilgan. Dastur va ma’lumotlarni kiritish uchun perfokartalar, natijalarni olish uchun esa alifbo-sonli bosma qurilmasi ishlatilgan. SHundan so’ng izlanishlar natijasida 1971 yili INTEL firmasi tomonidan birinchi 4004 integral mikrosxema ya’ni mikroprotsessor yaratilgan. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlarda ishlatishga muljallangan edi. INTEL firmasining 8080 mikroprotsessoriga asoslangan birinchi kompyuter ALTAIR-8800 nomi bilan MITS fir¬masi tomonidan ishlab chiqarildi. Bu kompyuterlarning xotira hajmi va ish bajarish koeffitsienti chegaralangan edi. SHunga qaramasdan bu kompyuter boshqa keng imkoniyatli kompyuterlarning yaratilishiga asos bo’lib qoldi. 1981 yili IBM firmasi tomonidan katta EHMlardan qolishmaydigan darajadagi 16 razryadli mukammal kompyuter yaratildi. IBM PC apparaturasi va dastur mahsulotlari loyihalari e’lon qilingandan so’ng kompyuterlarni takomillashtirish ustida izlanishlar kengaydi. Bu esa o’z navbatida IBM firmasining mashhurligini oshirib yubordi. 1984 yili IBM firmasi INTEL firmasining 80286 mikroprotsessori bazasida yangi kompyuter yaratdi.
Dastur mahsulotining asosiy qismini MICROSOFT firmasi ishlab chiqarmoqda. Keyingi yillarda IBM tipidagi kompyuterlar¬ning ko’pchiligi Tayvan, Singapur va Janubiy Koreya mamlakatlarida ishlab chiqarilmoqda. Eng qimmatbaho va sifatli kompyuterlar AQSH va Evropa mamlakatlarida yig’ilmoqda, lekin ularning ham ehtiyot qismlari Osiyo mamlakatlarida tayyorlanmoqda.
Hozirgi kungacha IBM tipidagi 80086, 80286, 80386, 80486 hamda 80586 yoki Pentium I, Pentium II, Pentium III, Pentium IV deb ataluvchi mikroprotsessorli kompyuterlar ishlab chiqarilgan.
3. EHMlar bir-biridan texnik xarakteristikalari, mantiqiy tashkil etilishi, elementlar bazasi hamda programma ta’minoti bilan farqlanadi. EXMlarning rivojlanish jarayonida asosiy omillardan biri, mashinalarning foydali ish koeffitsentini oshirishga harakat bo’lgan.
YUqorida qayd etilgan va boshqa xarakteristikalarga asoslangan holda EHMlarni shartli ravishda avlodlarga bo’lish qabul qilingan.
EHMlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’zgarib turishi ularning
Maqola nomi : Informatika fanining rivojlanish tarixi
Vaqti : 09.11.2017|20:36
Ko'rilgan : 1009
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 81/64
Reyting
Bosh sahifa » REFERATLAR » Informatika
Maqola o'qiypti :23 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика