UzBender.Ru | Super Portal
Izlash
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Kimyoviy reaksiyalar

Fosfor oksidlari, fosfat kislota tuzlari. Fosfat kislota ish...
Fosfor oksidlari, fosfat kislota tuzlari. Fosfat kislota ishlab chiqarish. Mineral o'g'itlar

Fosforning yer po'stlog'idagi umumiy miqdori 0,08% ni tashkil etadi. Fosfor tabiatda faqat birikmalar holida uchrayldi: ulardan eng rauhimi kalsiy fosfat — apatit mineralidir. Apatitning juda ko'p turlari ma'lum, ulardan eng ko'p tarqalgani ftorapatit 3Ca3(PO4)2. CaF2. Cho'kindi tog' jinslari — fosforitlar apatitning turlaridan tarkib topgan. Fosfor oqsil moddalar tarkibidagi turli xil birikmalar holida bo'ladi. Miya to'qimalarida fosforning miqdori 0,38%, muskullarda — 0,27% bo'ladi.
Dunyoda apatitlarning eng boy qatlamlari Kola yarim orolida, joylashgan. Fosforitlar Ural, Volgabo'yi, Sibir, Qozog'iston, Estoniya, Belorussiya va boshqa joylarda keng tarqalgan. Shimoliy Afrikada, Suriya va Amerikada fosforitlarning katta konlari bor.
Fosfor o'simliklarning hayotida juda muhim bo'lgani uchun tuproqda yetarli miqdorda fosfor birikmalari doimo bo'lishi zarur.
Fizik xossalari. Fosfor elementida metallmas xossalari azotga nisbatan kam ekanligi uning oddiy moddalari xossalarida ko'rinadi. Masalan, fosfor azotdan farq qilib, bir necha allotropik shakl o'zgarishlar hosil qiladi: oq fosfor, qizil fosfor va boshqalar.
Oq fosfor — rangsiz va juda zaharli modda. Fosfor bug'larini kondensatlash bilan olinadi. Suvda erimaydi, lekin uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Uzoq vaqt ohista qizdirilganda oq fosfor qizil fosforga aylanadi.
Qizil fosfor — qizil-qo'ng'ir rangli kukun, zaharli emas. Suvda va uglerod sulfidda erimaydi. Qizil fosfor bir necha allotropik shakl o'zgarishlar aralashmasidan iboratligi aniqlangan, ular bir-biridan rangi (to'q qizildan gunafsha ranggacha) va boshqa ba'zi xossalari bilan farq qiladi. Qizil fosforning xossalari ko'p jihatdan uning olinish sharoitlariga bog'liq.
Qora fosfor — tashqi ko'rinishidan grafitga o'xshaydi, ushlab ko'rilganda yog'lidek tuyuladi, yarim o'tkazgich xossalari bor. Oq fosforni juda katta bosim ostida uzoq vaqt qizdirish (200°C va 1200 MPa da) orqali olinadi.
Qizil va qora fosfor qattiq qizdirilganda haydaladi.


Tabiiy fosfor bitta barqaror izotop -^ R dan tarkib topgan. Sun'iy radioaktiv izotopi j| P (yarim yemirilish davri 14,3 kun) keng ko'lamda ishlatiladi.
Fosforning allotropik shakl o'zgarish-larining xossalari ularning tuzilishi bilan tushuntiriladi. Oq fosforning tuzilishi ancha p mufassal o'rganilgan. U molekulyar kristall
panjaraga ega. Uning molekulalari to'rt atomli (P4— tetrafosfor) va uch qirrali muntazam piramida shaklida bo'ladi.
Fosforning bar qaysi atomi piramidaning uchlaridan birida bo'lib, boshqa uchta atom bilan uchta 6- bog'lanish orqali bog'langan. Molekulyar panjarali barcha moddalar kabi oq fosfor ham oson suyuqlanadi va uchuvchan bo'ladi. U organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Oq fosfordan farq qilib, qizil va qora fosfor atomli kristall panjarali bo'ladi. Shu sababli ular deyarli barcha erituvchilarda erimaydi, uchuvchan, zaharli emas.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan oq fosfor qizil fosfordan katta farq qiladi. Masalan, oq fosfor havoda oson oksidlanadi va o'z-o'zidan alangalanib ketadi, shu sababli u suv ostida saqlanadi. Qizil fosfor havoda alangalanib ketmaydi, lekin 240°C dan yuqori darajada qizdirilganda alangalanadi. Oq fosfor oksidlanganida qorong'ida shu'lalanadi — alangalanadi.
Fosfor suyuq va erigan holatda, shuningdek, 800°C dan past temperaturadagi bug'larida P4 molekulalaridan iborat bo'ladi. 800°C dan yuqori darajada qizdirilganda molekulalar dissotsilanadi: P4=2P'2 P2. Molekulalar 2000°C dan yuqori temperuturada atomlarga ajraladi: P2=2P. Fosfor atomlari P2, P4 molekulalar va polimer moddalar hosil qilib birlashishi mumkin.
Fosfor ko'pchilik oddiy moddalar — kislorod, galogenlar oltingugurt va ba'zi metallar bilan birikadi, bunda oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. Masalan:
2P + 3S = P2S3 2P + 3Ca = Ca3P2
0+3 0+2
P - 3e = P 2 Ca - 2e = Ca 3
0-2 0-3
S+2e = S 3 P+3e = P 2
Bu reaksiyalar qizil fosforga qaraganda oq fosfor bilan oson boradi.
Fosforning metallar bilan hosil qilgan birikmalari fosfidlar deyiladi: ular suv ta'sirida oson parchalanib, fosfin PH3 — sarimsoq hidi keladigan juda zaharli moddani hosil qiladi:
Ca3P2+ 6H2O = 3Ca(OH)2+ 2PH3t

NH3 kabi fosfin ham juda kuchli kislotalarni biriktirib olish reaksiyalariga kirishadi.
PH3+HI = PH4I
Olinishi va ishlatilishi. Fosfor apatitJar yoki fosforitlardan olinadi. Buning uchun ular ko'mir (koks) va qum bilan aralashtiriladi va elektr pechda 1500°C da qizdiriladi:
+50 0+2
3Ca3(PO4)2+ IOC + 6SiO,= 6CaSiO3+ P4 + 10CO
Bu reaksiyada fosfor bug'lari quyuqlashadi va suvli yig'gichda tutib qolinadi.
Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qizil fosfor, surma (III) sulfid, temir surigi (kvars aralashgan tabiiy temir (III) oksid) va yelimdan aralashma
Maqola nomi : Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Kimyoviy reaksiyalar
Vaqti : 13.10.2017|22:15
Ko'rilgan : 2064
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 62/37
Reyting
Bosh sahifa » REFERATLAR » Kimyo
Maqola o'qiypti :52 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика