UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Organizmida umuman pigmentlar yoki tuye beruvchi bo'yoqlar bo'lmagan odamlarni albinoslar deymiz. Dunyodagi jami irqlardagi odamlar, garchi oq irq vakillari (ayniqsa, skandinavlar) organizmida bo'yoq moddalar juda kam bo'lsa-da, muayyan miqdorda tanaga tuye bej pigmentlarga egadirlar.
Inson organizmida pigmentlar yoki badanga rang beruvchi buyoqlar qaysi manbadan olinadi. Bizning organizmimizdagi muayyan moddalar, ya'ni ranglarning asosi bo'lgan xromogenlarga ayrim fermentlarning ta’siridan pigmentlar hosil buladi. Organizmimizda pigmentlarni hosil qiluvchi xromogenlar va fermentlarning yetishmasligidan albinoslar paydo bo'ladi. (Albinos — lotincha so'z bo'lib "oq" degan ma'noni anglatadi).
Albinoslarning ko'zlari, to'r pardada qon aylanishi tufayli qizg'ish rangli bo'lib, yorug'likka chidamsiz bo'lganidan hamisha pirpirab turadi. Ularning sochlari, butun tanasi, hatto ichki a’zolari, bosh va orqa miyalar ham oq rangda bo'ladi. Dunyodagi barcha millatlarda albinoslar uchrab turadi. Albinizm nafaqat odamlar orasida, balki o'simlik va hayvonot dunyosida ham mavjud. Tabiatda hatto albinos qushlarni ham uchratish mumkin. Albinizm suyak suradi, ya’ni albinoslik xususiyati otadan farzandlarga o'tadi, deyiladi.
Albinoslarning eng mashhurlari — oq sichqon, kalamush va quyonlar bo'lsa kerak. Ammo ba’zi birovlar hatto albinos olmaxonlar va albinos jirafalarni ham ko'rganliklarini aytishadi.
Maqola nomi : Albinizm nimadan yoki qanday paydo bo’ladi?
Vaqti : 10.10.2017|19:44
Ko'rilgan : 499
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 90/83
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :15 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика