UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Kompyuter viruslari va ularning turlari

Reja:
1. Kompyuter virusi tushunchasi
2. Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar
3. Antivirus dasturlarining turlari

Kompyuter virusi o‘lchami bo‘yicha katta bo‘lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «yozib qo‘yilishi», shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o‘ziga tegishli amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng boshqaruvni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi.Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» bilinmaydi.
Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda
Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo‘lsa, virus borligi umuman bilinmaydi.Lekin aniq vaqt o‘tgandan so‘ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, ba’zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto‘g‘ri ishlaydi, ekranga begona ma’umotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba’zi fayllar buzilib qoladi va hokazo.
Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba’zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi.Bunday tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o‘tishi ham mumkin.
Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989-yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.
Virus dasturi ko‘rinmaydigan bo‘lishi uchun u juda kichik bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi assembler tilida yoziladi.
Hozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va ma’lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarur ko‘radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday muassasa kompyuterlarida ma’lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz bo‘lganligi uchun viruslarning qurboni bo‘linadi va katta moddiy talafot ko‘riladi. Shu bois kompyuter ishini nazarotga olish muhimdir.
Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushiniladi? Unga quyidagilar kiradi:
litsenziyasiz dasturiy ta’minotdan foydalanmaslik;
tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;
tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.
Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda.

Virus asosan 4 ta fazaga ega:
1. Uxlash turg’unlik fazasi.
2. Ko’payish fazasi.
3. Ishga kirish fazasi.
4. Vayron qilish fazasi.
Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari;
bajariladigan fayllar–com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi fayl viruslari;
diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan yuklanish fayli viruslari;
stels (stelth) - ko‘rinmas viruslar;
Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan ma’lumotli fayllarni yozuvchi – makrobuyruq viruslari.

Kompyuter viruslaridan himoyalanish, ularni yo’q qilish vaaniqlash uchun bir necha maxsus dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar antiviruslar deb ataladi. Antivirus dasturlari turlarga bo’linadi:
- detektorlar dasturlar;
- doktor-dasturlar;
- revizor dasturlar;
- filtrlovchi dasturlar;
- vaksina yoki immunitet dasturlar.
Detektor-dasturlar - aniq virusning xarakterli holatini qidiradi. Operativ xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning kamchiligi shundaki, ular o’zlariga ma’lum bo’lgan virusniginaaniqlaydi.
Doktor-dasturlar hamdavaksina-dasturlar nafaqat viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini o’chiradi, faylni asl holaticha saqlab qoladi. Doktor dasturlar ko’p mikdordagi viruslarni aniqlash va yo’q qilish imkoniyatiga ega. Bunday dasturlarga: AVP, Aidstest Scan, Norton Antivirus, Doctor Web kiradi.
Revizor dasturlar - viruslardan ishonchli himoya vositasi hisoblanadi. Revizorlar dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo’limi .holatini kompyuter virusdan zararlanmasdan avval eslab koladi. SHundan keyin, foydalanuvchining hohishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O’zgargan holatlarni ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini solishtirishda uning uzunligi, modifikasiya vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi.
Filtr-dasturlar yoki
Maqola nomi : Kompyuter viruslari va ularning turlari
Vaqti : 15.07.2017|15:06
Ko'rilgan : 10281
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 407/235
Reyting
Bosh sahifa » REFERATLAR » Informatika
Maqola o'qiypti :22 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика