UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Oxirgi paytlarda nonushta qilmaydigan kishilar soni shubhali ravishda ko‘payib ketdi. Shunga qaramasdan tajribali parhezshunoslar va mutaxassislarning ta’kidlashicha, nonushta — kunlik iste’mol qilinadigan ovqatlarning eng muhim va kerakli qismi hisoblanadi. Quyida ovqatlanish sohasida eng mashhur mutaxassislar retseptlari bo‘yicha nonushtalar e’tiboringizga havola qilinadi.

Sabzavotli quymoq va rezavor mevalar
Quymoqni tayyorlash usuli juda oddiy: 2 dona tuxum oqi, bir dona sarig‘i, ismaloq va pomidorlar. Undan keyin esa yarim piyola o‘zingiz xohlagan rezavor meva. Bu nonushta kun davomida to‘qlik hissini saqlashga yordam beruvchi oqsillarga boy. Sabzavot va mevalar esa — ajoyib antioksidantlar.
Sutli suli yormasi
Eng yaxshi nonushta — bu klyukva va yong‘oq solingan sutli suli yormasi. Klyukva — yaxshi antioksidant, yong‘oq esa yurak uchun foydali bo‘lgan omega-3 ga juda boy.
Yangi mevalar va bir piyola sut
Mutaxassislar nonushtada bir piyola yog‘sizlantirilgan sut ichishni va yangi mevalar yeyishni tavsiya qilishadi. Shuningdek, bunday nonushtaga yogurt, qaynatilgan tuxum va butundonli maydalangan yormalar ham qo‘shish mumkin.
Sabzavotli yoki mevali smuzi
Parhezshunoslarning tavsiyasiga ko‘ra, bu nonushta qilishning juda foydali va mazali usuli: organizm ovqat hazm qilish uchun ortiqcha energiya sarflamaydi va shu sababli o‘zini baxtli hisoblaydi. Smuzi retsepti suv, ismaloq, selderey, olma, nok, banan va limon sharbatidan iborat: hammasini birgalikda kinza va petrushka solib blenderda aralashtiriladi.
Bodom yog‘i bilan butundonli tost
Parhezshunos Doun Jekson Blatner o‘z tongini har doim bodom yog‘i solingan butundonli tost, kesilgan olmalar va qahva bilan boshlaydi. Blatner xonimning fikricha, butundonli mahsulotlar organizm tomonidan odatdagi nonga qaraganda yaxshiroq hazm qilinadi va ularning tarkibi mineral moddalarga boy. Bodom yog‘i — foydali yog‘ va oqsillar manbai, olmalarning tarkibida to‘g‘ri hazm qilish uchun zarur bo‘lgan kletchatkalar ko‘p. Qahvaga kelganda esa, u uyg‘onishga va to‘g‘ri fikrlashga yordam beradi.
Maqola nomi : 5 ta eng foydali nonushta: mutaxassislar maslahatlari
Vaqti : 27.05.2017|19:54
Ko'rilgan : 722
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 129/151
Reyting
Bosh sahifa » Foydali
Maqola o'qiypti :37 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика