UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Balki yo‘qdir boshingda ering,
Balki yo‘qdir yashashga yering,
Balki sig‘mas tanangga tering,
Iffatingni saqla, singiljon.
Balki yo‘qdir yegani oshing,
Balki o‘ylab qotgandir boshing,
Balki yig‘lab to‘kkansan yoshing,
Hayo bilan bo‘lgin, singiljon.
«Onammassan, kechdim!», demasin,
Seni ko‘rib afsus yemasin,
Oshiklaring izlab kelmasin,
Or-nomusing saqla, singiljon!
Yomon kunlar o‘tdi-yu, biroq,
Yomonlardan yurgin sen yiroq,
Yaxshilarga yondosh bo‘l, tezroq,
Vijdoningni sotma, singiljon!
Yaratgandan insof tilaylik,
Ollohimni tanho bilaylik.
Payg‘ambarning so‘zin qilaylik,
Ibo bilan bo‘lgin, singiljon!
Balki yo‘qdir yoru yo‘ldoshing,
Sabr qilgin, tilab bardoshing.
Senga hamroh qavmu qardoshing,
G‘ururingni sotma, singiljon!
Maqola nomi : Balki yo‘qdir boshingda ering, Balki yo‘qdir yashashga yering, Balki sig‘mas tanangga tering,
Vaqti : 03.11.2016|06:47
Ko'rilgan : 640
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 77/78
Reyting
Bosh sahifa » Sherlar » Falsafiy sherlar
Maqola o'qiypti :14 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика