UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Revmatizm (yun. rhevmatismos shilliq) — biriktiruvchi toʻqimaning keng tarqalgan yalligʻlanishi bilan tavsiflanadigan kasallik, bunda, asosan, yurak, boʻgʻimlar va boshqa aʼzolar yalligʻlanadi. Streptokokklar qoʻzgʻatadigan qaytalanib turuvchi kasalliklar (asosan, angina) va organizmning streptokokklar taʼsiriga javoban koʻrsatiladigan allergik reaksiyalarga (q. Allergiya) moyilligi kasallikning kelib chiqishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Angina bilan ogʻrigan bemorlar R.ga koʻproq chalinishadi. Sovqotish Revmatizmning avj olishiga zamin yaratadi, shuning uchun kasallik koʻproq yilning sovuq va namgarchilik faslida kuzatiladi.

Revmatizmga aksariyat 7—15 yashar bolalar chalinadi. Kasallik oʻtkir boshlanishi mumkin; anginadan tuzalgandan soʻng 10—14 kun oʻtgach, harorat yana koʻtariladi, ogʻriq paydo boʻladi, tirsak, bilakkaft usti, tizza, boldiroyoq panjasi boʻgʻimlari va boshqa boʻgʻimlar qizarib, shishib chiqadi (revmatik poliartrit). Bunda boʻgʻimlarning zararlanishi turgʻun boʻlmaydi, odatda, 10— 12 kun oʻtgach, poliartritning hamma alomatlari yoʻqolib ketadi. Lekin bunday tuzalish vaqtincha, chunki ayni vaqtda yurak (muskul qavati, klapanlari, tashqi pardasi) ham zararlanadi. Klapanlarning revmatik zararlanishi ularning turgʻun deformatsiyasiga va yurak porogi paydo boʻlishiga olib keladi (q. Yurak poroklari).

Revmatizmda yurakning zararlanishi (revmokardit) poliartritsiz ham avj olishi mumkin. Revmatizmning boshka aʼzolar va toʻqimalar, chunonchi nerv sistemasini ham zararlantirishi mumkinligini hisobga olish zarur. Nerv sistemasi zararlanganda bolaning oyoqqoʻllari beixtiyor uchib turadi, oʻta qoʻzgʻaluvchanlik, tez toliqish kuzatiladi (q. Xoreya). Boʻgʻimning shishishi va ustidagi terining qizarishi bilan davom etadigan har qanday ogʻriq — Revmatizm, xuddi shuningdek, yurak sohasidagi noxush sezgilar va yurak urishi revmokardit belgilari boʻlavermaydi. Shu bois Revmatizmni faqat mutaxassis vrach tekshirib aniqlashi mumkin. Vrachga oʻz vaqtida murojaat qilinsa, bemorni muvaffaqiyatli davolab, tuzatib yuborsa boʻladi. Kasallikning ogʻir (oʻtkir) bosqichida bemor, odatda, kasalxonada davolanadi. Kasalxonadan chiqib ketgandan keyin ham uzoq vaqt revmatologiya kabineta vrachi kuzatuvida boʻladi. Doridarmonlar bilan davolash tartibi, vrach tavsiya etgan gimnastika rejimi va darajasi kasallikning kechish xususiyatlari, yurak porogi, qon aylanishining yetishmovchiligi boryoʻqligi va h.k. bilan belgilanadi. Bemorda surunkali gaymorit, otit, faringit, tonzillit kabi kasalliklar.boʻlsa, ularni davolash, zarur deb topilganda operatsiya qilish Revmatizmning yangi xurujlari oldini olishda zaruriy shart hisoblanadi.

Revmatizmning oldini olishga uyjoy sharoitlarini yaxshilash, bolalar muassasalarida yuqumli kasalliklar oldini olish, organizmni chiniqtirish, fizkultura bilan shugʻullanish kabi sogʻlomlashtirish tadbirlari kiradi.

Limon tarkibidagi A, V1, V2, S va R darmondorilar yallig‘langan organizmni tez tiklaydi. Tanani quvvatlantiradi. U revmatizmni davolash va uning oldini olishda ham samarali vositadir. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytirish va shishlarni qaytarish uchun limon po‘sti yoki uning yuqori qatlamining foydasi katta.

BOSH OG‘RIG‘IDA

1. 1 stakan limon sharbati, 1 osh qoshiqdan yalpiz, tog‘ rayhoni va o‘rmon qulupnayi bargi yoki maymunjon yaprog‘i, 1 stakan suv.
TAYYORLASH USULI:
O‘tlarni qaynoq suvga botirib, 30 daqiqa tindiring, suzib sovuting. Limon sharbati qo‘shing.
QO‘LLASH USULI:
1 osh qoshiqdan ovqatdan 1 soat keyin tanovul qiling.
2. 1 dona limon po‘sti, 2 osh qoshiq dorivor yalpiz, 1 osh qoshiqdan valeriana ildizi va qulmoq g‘uddasi, 1 stakan suv.
TAYYORLASH USULI:
Aralashmani qaynagach, suv bilan bo‘ktiring, qaynashga yetkazing va past olovda 3 daqiqa tutib turing hamda suzib oling.
QO‘LLASH USULI:
Issiq holda 1-4 stakandan kuniga 3 mahal iching.

* * *

Katta yoshdagi kishilar har kuni butunicha bittadan limon yeb yursalar, eshitish qobiliyati, qon bosimi, ishtaha me’yorida bo‘ladi.

* * *

Qon bosimi past bo‘lganda 6 ta limonni urug‘idan ajratib, qiymalagichga solinadi. Ustiga 1 litr sovutilgan qaynoq suv quyib, qopqog‘i yopilib, muzlatgichda 36 soat saqlanadi. Keyin ustiga 500 gramm asal quyib, yana muzlatgichda 36 soat saqlanadi. Ushbu dori tugaguncha har kuni 3 mahal ovqatdan yarim soat avval 50 grammdan ichiladi.

* * *

1 litr suvga kechqurun yarim bo‘lak limon solib, ertalab shu suvga yuzini yuvgan ayollarga oftob nuri ta’sir qilmaydi.

* * *

Bir kosa qaynoq suvga 1 dona limonni to‘g‘rab, 1 osh qoshiq asal solib, 4-5 soatdan keyin ichish qon bosimini pasaytiradi, ko‘ngilni ochadi.

* * *

Asab toliqqanda, charchaganda yangi limonni qayta-qayta hidlash kayfiyatni ko‘taradi, yurakka taskin bag‘ishlaydi.

* * *

Bir kosa qaynoq suvga 1 dona limonni to‘g‘rab, 1 osh qoshiq asal solib, 4-5 soatdan keyin ichish qon
Maqola nomi : Revmatizm davosi Ревматизм давоси
Vaqti : 04.07.2016|16:12
Ko'rilgan : 13563
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 301/242
Reyting
Bosh sahifa » Tibbiyot
Maqola o'qiypti :19 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика