UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Odnoklassniki sayti 2006 – yilda ishga tushirilganini hammamiz bilamiz. Ushbu sayt haqida 2011- yil mart oyida berilgan habar dan ozginasini keltiraman:

Asosiy statistika:

Saytga eng odam ko’p vaqtida 2.8 mln foydalanuvchi on line bo’lgan.
Kuniga 7.5 mlrd so’rov amalga oshirilgan (sekundiga 150 000 so’rov)
Barcha ma`lumotlari 2400 ta serverda joylashgan
Tarmoq trafigi odam ko’p vaqtda 32 Gb/s ni tashkil etgan.

Arxitekturasi:

Prezintation layer (Sloy taqdim etuvchi yoki HTML ni generatsiya qiladigan oddiy web server);
Bussines services layer (tanlashlarni va qayta ishlashlarni amalga oshiradigan server);
Caching layer (ko’p qo’llaniladigan ma`lumotlarni KESh lash);
Persistence layer (Ma`lumotlar bazasi serveri);
Common infrastructure system (ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarni statistikasini olib borish, dasturiy konfiguratsiyalar, resurslarni lokalizatsiyalash, monitoring);

Kodi asosan Java da yozilgan. Ba`zi qo’shimcha modullar uchun C va C++ dan foydalanilgan. Asosida o’zlari ishlab chiqgan Framework ishlatilgan. Ma`lumotlarni keshlash uchun “qo’lda yozilgan” odnoklassniki-cache modulidan foydalaniladi. Keshlanadigan narsalar asosan foydalanuvchi profayli, udnagi rasmlar, gruhga oid rasmlar, va boshqalar.
Ma`lumotlarni umumiy hajmi (rezervlarsiz) 160 Tb ni tashkil qiladi. Ma`lumotlarni saqlash va ularga xizmat ko’rsatish uchun MS SQL va BerkeleyDB dan foydalaniladi. Ma`lumot turidan kelib chiqib ikkitadan to’rttagacha nusxalanadi. Har 15 minutda rezervli nusxalash amalga oshiriladi.

Ikkita protsessor 4 ta yadroli server qo’llaniladi. Xotira xajmi 4 dan 48 Gb gacha boradi. Ma`lumotlar server xotirasida, yoki server disklarida va yoki tashqi disklarda saqlanadi. Barcha qurilmalar 3 ta Data senter da joylashtirilgan. Qariyb 2400 ta server va ma`lumot saqlash qurilmalari ishlatiladi. Data senter optik xalqa bilan bog’langan. Usha vaqtdagi ma`lumotga ko’ra xar bir mashurt tezligi 30 Gb/s ni tashkil etgan. Tarmoq ikkiga ajratilgan: tashqi va ichki. Tashqi tarmoq web serverlari butun jahon uchun javob beradi, ichki tarmoqda serverlar bir biri bilan aloqada bo’ladi. Serverdagi ma`lumotlar ombori sifatida MS SQL 2008 qo’llanilgan.

Operatson sistemalar: MS Windows, openSUSE
Soobsheniya, Obsujdeniya, Opoveshsheniya modullari uchun GWT interfeysidan foydalanilgan




Web server : Apache Tomcat.



Proyekt ustida 70 ta texnik mutahasislar ishlashadi. Shulardan 40 tasi dasturchilar, 20 tasi administrator va injenerlar. 8 tasi testerlar. Jamoa 1-3 talik mayda guruhlarga bo’lingan. Har bir guruh o’ziga tegishli vazifa ustida ishlaydi. Dasturlashni hayotiy sikli 3 asosiy bosqichlarga bo’linadi:
0 - hafta arxitekturani aniqlash;
Dasturlash va dasturchilar kompyuterlarida testlash;
Pre-production vositasida testlash, production vositasida realizatsiyalash.

Yuklashni yengillashtirish uchun barcha tashqi resurslarni keshlanadi, CSS va JavaScriptlarni iloji boricha mimallashtiriladi. Sahifani birinchi ochilayotganida faqat ishni boshlash uchun kerak bo’ladigan resurslarni yuklanadi va hokazo… quyida bitta kichkina misol tariqasida faqat jo’natilgan xabarlar statistikasini kodi keltirilgan:

public void sendMessage(String message) {
long startTime = LoggerUtil.getMeasureStartTime();
try {
/**
* business logic - send message */
LoggerUtil.operationSuccess(LogFactory.getLog({log's appender name}), startTime, "messageService", "sendMessage");
} catch (Exception e) {
LoggerUtil.operationFailure(LogFactory.getLog({log's appender name}), startTime, "messageService", "sendMessage");
}
}
Maqola nomi : Odnoklassniki tarixi / История Одноклассники
Vaqti : 12.04.2014|16:04
Ko'rilgan : 2174
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 375/287
Reyting
Bosh sahifa » Odnoklassniki
Maqola o'qiypti :43 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика