UzBender.Ru | Super Portal

Izlash
Televizor ko`rmaslikni 8 sababi:
1. Televizor sizning vaqtingizni yeydi:
Boshlanishiga tomoshabin zerikkanda ko`radigan serialni o`ylab topishdi, keyin esa shunday serial chiqdiki tomoshabin aynan usha vaqtga avtomatik tarzda o`zini bo`sh qoldiradi va shu serialni kutadi.
2.Televizor sizni ahmoqlashtiradi:
Televizorni ko`p ko`rish oqibatida sizning ongingiz siyraklashib boradi. Chunki siz hech qanday harakat aktivligi, mantiqiy fikrlash yoki miyyani ishlashga majbur etadigan ish qilmayapsiz. Siz o`tirib televizor ko`rayapsiz xolos.
3.Televidenie sizni yomonlashtiradi:
Zamonaviy prodyusserlar allaqachon foyda qaysi tarafga oqishini bilib olishgan. Ularga ko`proq seks, qo`rqinchli yoki daxshatli bachkana filmlardan ko`proq foyda qoladi. Siz esa bu kabi filmlarni ko`rib yana o`zingizni farishda deya his qilishingiz ?... mumkin emas
4.Ma`lumot peredozirovkasi:
Insonda ma`lumot dietasi bo`lishi lozim. Televizor esa bizdagi shu dietani buzadi. Keragidan ko`p ma`lumotni biz o`zimiz hohlamagan ravishda yetkazib beradi. Eslab ko`ringchi siz oldiniga bitta kino ko`raman deb o`tirasiz va natijada kino, reklama, yangiliklar hamda 1 2 ta shou ham tomosha qilishga ulgurasiz :).
5.Reklama
tabletka,kino,ovqat,saryog`, hotlanch,rollton,poroshok,sim-karta,tabletka... sizga shu doira yoqadimi ? Jonga tegmaydimi ?
6.Televizor sizni baxtsiz qiladi:
Ox bu seriallar, ayollar ayniqsa shu seriallarni deb har qanday muhim ishni vaqtinchalik to`xtatib turishadi. Serallardagi qahramonlar ideal ko`ringani sababli inson ularga o`xshagisi keladi va natijada u birovni hayoti bilan yashashni boshlaydi. Misol uchun Doktor House, aqlli lekin qo`pol. Garov o`ynashim mumkinki 10tadan 7 tasi shu odamga o`xshashga harakat qilgan
7.Televizor sizni bechoraga aylantiradi:
Ko`rsatilgan reklamalardagi tovarlar sifati qanday bo`lishidan qat`iy nazar biz qiziqish uchun ham harid qilamiz. Shunaqa eksperimentlarni son mingtasini qilganmiz. Agar sifatsiz bo`lsa boshqa olmaymiz. Lekin vaqt va pul ketib bo`ldiku ....
8.Sizni hayotingiz televizor dasturlaridan muhimroq:
Ko`pchilik tomoshabinlar allaqachon kun tartibini teledasturlar bilan uyg`unlashtirib yuborishgan. Ertalab tonggi dastur, so`ng kechasi 4 - 5 ta serial uni orasida bo`lib o`tayotgan hodisaga e`tibor ham bermaydi. Hayoli qachon shu Esmeraldani ko`zi ochilib ketishida :).
Albatta mu maqola bilan men televizor 100% zarar demoqchimasman. Chunki inson o`zi o`ylab topgan narsani boshida maqtab keyin esa yomonlaydi. Har bir ixtiro vaqt o`tgani sayin tanqidiy tomonlama ko`plab to`siqlarga uchraydi. Lekin yuqoridagi faktlarni bilib qo`yish o`zingiz va oila a`zolaringiz uchun zarar qilmadi.
Maqola nomi : Televizorning 8 ta zarari
Vaqti : 06.04.2014|23:15
Ko'rilgan : 4087
Muallif : Bender
» Java kitob
» Text
Reyting(+/-): 541/402
Reyting
Bosh sahifa » Qiziqarli
Maqola o'qiypti :20 kishi
© Powered by Bender | Pro
Яндекс.Метрика